Pastaklik. Agar o‘simliklar shamolning doimiy ta’siri ostida rivojlansa, suv tanqisligi tufayli suv bilan normal ravishda ta’minlanmaydi, bu esa turgor holatini pasaytiradi. Buning oqibatida hujayralar normal darajada yiriklashmaydi, natijada barcha organlari maydalashadi, o‘simliklar past bo‘yli bo‘lib qoladi. O‘simliklar hujayralarining o‘sishi va rivojlanishi davrida shamolning bunday ta’siri ayniqsa kuchayadi. Arktika va alp past bo‘yli o‘simliklari ko‘pincha yer bag‘irlab yoki shamoldan himoyalanishi uchun biror narsaga tayanib o‘sadi. Xaqiqatdan ham, bunda tuproq temperaturasi katta rol o‘ynaydi, u havoning yuqori qatlamlaridagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitda garchi yoshi juda katta bo‘lsa ham daraxtlar butadek kattalikda o‘sadi.
Shamolda o‘simliklar tanasi va shoxlarining silkinishi ham ta’sir ko‘rsatadi. JI.I.Ivanov tajribalaridan ma’lum bo‘lishicha, yosh daraxtlarning shamolda silkinishi o‘sishga, ayniqsa, uchki qismi va yon novdalarining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Bu xildagi daraxtlarda tanasining diametri kichrayadi. Bu holda chamasi, shamolda egilgan poya va shoxlarning po‘stlog‘i orqali plastik moddalar kelib turishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Daraxtlar tanasining va shox-shabbasining deformatsiyasi. Agar daraxtlarning rivojlanayotgan novdasiga bir tomonga esayotgan shamol kuchli ta’sir etsa, shoxlarining shakli va holati keskin o‘zgaradi. Bunda shaklning o‘zgarishi bilan albatta past bo‘yli bo‘lib qolmasligi mumkin, chunki havo nam bo‘lgan sharoitda ham shamol shunday holatga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hodisa ayniqsa tog‘ cho‘qqilaridagi qiyaliklarda, dengiz sohillarida shamol bir xil yo‘nalishda esadigan joylarda tez-tez kuzatiladi. Buning natijasida ba’zi daraxtlar shamol yo‘nalishiga nisbatan cho‘zilgan yassi shaklga kirsa, boshqalari bayroqsimon shaklga kiradi. Shamol esadigan tomondagi kurtaklar ko‘rib qolib nobud bo‘lishi natijasida daraxtlar ana shunday shaklga kiradi, shuning uchun ana shu tomondan novda o‘sib chiqmaydi. Ba’zan shu bilan bir vaqtda daraxt tanasining tuzilishi ham o‘zgaradi, ko‘ndalang kesilganda yog‘ochligi assimetrik tuzilganligi ko‘rinadi. O‘t o‘simliklarda shamol esadigan tomonda ko‘plab ksilema hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |