O‘simliklarning shamol tufayli yerga yotib qolishi bug‘doy, makkajuxori, shakarqamish, javdar va boshqalarda kuzatiladi. Bunda shamolda o‘simliklar yerga yotib qoladi, agar ular hali pishib yetilmagan bo‘lsa, u holda poyalarinnng yon qismidagi yon novdalarning tik o‘sishi hisobiga o‘zini yana tiklab olishi mumkin. O‘simlikning yerga yotib qolishi boshoqdosh g‘alla ekinlari uchun juda noqulay hisoblanadi, chunki ular hosilini o‘rib-yig‘ib olish qiyin bo‘ladi.
Kuchli shamol va bo‘ron vaqtida daraxtlar ildizi bilan qo‘porilib ketadi yoki tanasining ma’lum qismidan sinadi. Bunday ta’sir darajasi, shamolning kuchidan tashqari, o‘simlik tanasining anatomik strukturasiga, ildiz sistemasinnng harakterga, qishda esa tanasining muzlashiga bog‘liq bo‘ladi. Lub qavati yaxshi rivojlangan daraxtlar bo‘rondan (masalan, juka) kamroq zararlanadi. Qishda esadigan kuchli shamol va bo‘ron ayniqsa xavfli bo‘ladi, chunki bu vaqtda o‘simliklar tanasi muzlagan va juda mo‘rt bo‘ladi. O‘rmonda kuchli shamolda daraxtlarning sinishi natijasida uning ichkarisiga shamol kirib borishi uchun yo‘l ochiladi, bu esa boshqa daraxtlarning sinishi yiqilishiga sabab bo‘ladi.
Daraxtlar shamolning bunday mexanik ta’siriga nisbatan har xil darajada chidamli bo‘ladi. Masalan, qoraqarag‘ay podzol tuproqli yerlarda yuza joylashganligi uchun shamolga chidamsiz bo‘ladi va odatda, shamolda ildizi bilan qo‘porilib ketadi. Lekin xuddi shu qoraqarag‘ay ildizi yerga chuqur kirib o‘sganda ochiq joyda kuchli shamolga ham chidaydi, ya’ni qo‘porilib yoki sinib ketmaydi. Qarag‘ay va oqqarag‘ay kabi daraxtlarning ildizi yerga chuqur kirib o‘sganligi uchun ular shamolga chidamli daraxtlar hisoblanadi. Shunga ko‘ra, kuchli shamol vaqtida ko‘pincha bu daraxtlar yiqilmaydi, faqat tanasining ma’lum qismidan sinib ketadi. Tuproq qatlami uncha qalin bo‘lmagan joylarda qarag‘ay ildizi yuza joylashgan bo‘ladi, shuning uchun ularni shamol ildizi bilan qo‘porib yiqitishi mumkin. Bargli daraxtlardan dub shamolga juda chidamli, chunki uning ildizi yerga juda chuqur o‘sib kirgan bo‘ladi. Qayin shamolga chidamsiz, tog‘ terakning yog‘ochligi mo‘rt bo‘lganligi uchun bo‘ronda qo‘porilib ketishi mumkin.
Bulardan tashqari, shamolning ajoyib mexanik ta’siri daraxtlarning shox-shabbasi yoki qo‘shni daraxtlar shox-shabbasi bilan «savalanishi» dir. qayin shamol vaqtida uzun shox-shabbasi bilan kuchli savalashi mumkin, agar qoraqarag‘ay kayin bilan yonma-yon o‘sayotgan bo‘lsa, uning savalashidan zarralanadi. Daraxtlar shox-shabbasining ichki savalanishi shox-shabbaning siyraklashishiga, yonma-yon o‘sgan daraxtlar shox-shabbasining o‘zaro savalanishi esa ularning kamroq tutashishiga sabab bo‘ladi. O‘rmonni parvarish qilishda bularning hammasini hisobga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |