BIOEKOLOGIYA FANIDAN O’QUV MATERIALLARI Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi 1-ma’ruza: Kirish. O’simliklar ekologiyasi fanining rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari,
boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va metodlari.
Reja
Kirish. Bioekologiya haqida tushuncha. Fanning bo’limlari.
O’simliklar ekologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
Fanning rivojlanishi va unga xissa qo’shgan olimlar
Tayanch so’z va iboralar: bioekologiya, o’simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasi, dala, kuzatish, eksperimental, matematik modellashtirish
Kirish. Bioekologiya haqida tushuncha. Fanning bo’limlari. Har qanday tirik organizm o’z hayoti va individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy evolyutsinon taraqqiyoti (filogenezi) davomida o’zlari yashab turgan joyning muxit omillari bilan uzviy va mustaxkam aloqada bo’ladi. Tashqi muxit omillari barcha tiriklikka bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatib turadi. Shuning uchun ham organizmlar muxit omillarining qaysi turga kirishi va qanday kuch bilan ta’sir qilishidan qat’iy nazar ularga moslanishlar hosil qilib yashaydi.
“Ekologiya” so’zi yunonchadan olingan bo’lib, “oikos” – uy, makon, “logos” – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu termin nemis biologi Ernst Gekkel (E.Haeckel) tomonidan 1866 yilda fanga kiritilgan. U o’z asarida “Ekologiya deganda biz tabiat iqtisodiyoti bilan bog’liq bilimlar majmuasini, yani, tirik organizmlarning o’zaro va noorganik tabiat bilan, ayniqsa, do’stona va qarama-qarshi xolatdagi bevosita va bilbosita munosabatlarini o’rganishni tushunamiz” – deb yozgan edi.
Bioekologiya – ekologiyaning dastlabki ma’noda, tirik organizmlarning, yani, individlar, populyatsiyalar, biosenozlar va boshqalarning o’zaro va atrof-muxit bilan munosabatlarini o’rganuvchi biologik qismi hisoblanadi. Shu bilan birga u zamonaviy ekologiyaning biologik negizi hamdir. Zamonaviy ekologiyada bioekologiya quyidagi tuzilishga ega: