Suv muhiti. Suv juda ko‘plab organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Ular suv muhitidan hayoti uchun zarur bo‘lgan moddalar oladi: oziqlar, suv, gaz. Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobintlar deb ataladi. Organizmlar suv qatlamida yoki uning tubida yashaydilar. Suv qatlamidagilar plankton ekologik guru’ini, suv tubida yashovchilar esa bentos ekologik guru’ni tashkil etadi.
Suvda yashaydigan organizmlar o‘zlarining harakatlanishi, nafas olish, oziqlanish va ko‘payish usullar bo‘yicha suv muhitining asosiy xususiyatlariga moslashgan.
Suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida uchraydi: chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayyoz, iliq va sovuq va xakazo.
Ayniqsa, okean-dengizlarda ko‘plab xayvonlar yashaydi. Okean-dengiz suvi bosimi undagi hayotni belgilaydi. Suvning sho‘rlanishi darajasi xam katta axamiyatga ega. Suv harorati, yorug‘lik xam organizmlar uchun muxim hayotiy omildir. Yorug‘lik kuchi va tarkibi okean tubiga qarab o‘zgaradi.
Yer usti-havo muhiti evolyutsiya jarayonida suv muhiti tomonidan o‘zlashtirilgan. U ancha murakkab va xilma-xildir. Yer usti -havo tirik tuzilmalarning ancha yuqori darajasini talab etadi.
Bu yerda bo‘lgan organizmlar hayotining eng muxim omili ularni o‘rab turgan havo massasining tarkibi va xususiyati ‘isoblanadi. Havo zichligi suvnikiga qaraganda ancha kichik, shuning uchun xam yer ustidagi organizmlarning tayanch to‘qimalari-ichki va tashqi skeleti kuchli rivojlangan. Havo oqimi va undagi boshqa o‘zgarishlar barcha tirik organizmlarga mexanik, biologik (fiziologik, anatomik, morfologik), geografik ta’sir ko‘rsatadi.
Yer ustida yashaydigan xayvonlarning harakat shakllari, masalan, chopish, sakrash, urmalash, parvozlari juda xilma-xildir. Havoda qushlar va uchuvchi xasharotlar harakatlanadi. Havo oqimi o‘simliklar urug‘lari, sporalar, mikroorganizmlarni bir joydan boshqa joylarga eltadi.
Tuproq muxiti-quruqlikning g‘ovak, unumdor yuqori qismidir. U tirik jonzotlarning hayotiy faoliyati natijasida qayta ishlangan mineral zarralardan ‘osil bo‘lgan. Bu biosferaning muxim va juda murakkab komponenti. U biosferaning boshqa qismlari bilan uzviy bog‘liqdir. Tuproqda o‘simliklar, mikroorganizmlar va ba’zi umurtqasiz xayvonlar yashaydi. Tuproq hayoti g‘ayri tabiiy ravishda boydir. Tuproq zarralari orasida son-sanoqsiz bo‘shliq-kovaklar bo‘lib, ular suv yoki havo bilan to‘lib turadi. Shuning uchun xam tuproqni suv bilan yashovchi yoki havo bilan nafas oluvchi organizmlar tarzida tasavvur qilinadi. Tuproq o‘simliklar hayotida juda katta axamiyatga ega.