Abiotik omillar. Abiotik omillar - bu notirik, yani jonsiz tabiat omillaridir. Bu omillar 3 guruxga bo’lib o’rganiladi.
Iqlimiy: quyosh nuri, harorat, havo namligi, shamol, radiatsiya, gravitatsiya, bosim
Tuproq-edafik: tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari
Orografik: Yer sharining rel’ef sharoitlari
Bu omillar organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, yorug‘lik va issiqlik bevosita ta’sir ko‘rsatsa, rel’ef bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - yoritilganlik, namlik, shamol va boshqalarning ta’sirini belgilaydi.
Biotik omillar. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmuidir. Ular turli shaklda ta’sirlashishi mumkin. Masalan, o‘simliklarning xasharotlar bilan changlanishi, bir turdagi organizmlarning boshqalarini yeyishi, resurslarning u yoki bu turi oziq, fazo, yorug‘lik va boshqalar uchun organizmlar o‘rtasidagi raqobat, parazitizm va boshqalar. Biotik o‘zaro munosabatlar juda murakkab va o‘ziga xos xarakterga ega. Shuningdek, ular bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Biotik omillar ta’siriga ko’ra, 3 ta guruxga bo’linadi.
Fitogen
Zoogen
Mikrobogen
3-ma’ruza: O’simliklarning ekologik amplitudasi. Ekologik valentlik va tolerantlik.
Cheklovchi omillar
Reja:
O’simliklarning muxit omillariga nisbatan moslashuvi. O’simliklarning ekologik amplitudasi
Ekologik valentlik va tolerantlik
Cheklovchi omillar. Libix qoidasi
Tayanch so’z va iboralar: ekologik amplitida, ekologik valentlik, ekologik tolerantlik, Libix qoidasi, cheklovchi omil, kritik nuqta, minimum, optimum va maksimum zonalar, evribiont, stenobiont
Dostları ilə paylaş: |