Havoning fizik va boshqa ayrim xossalarining ekologik ahamiyati. Avvalo atmosferadagi elektr razryadlari haqida eslatib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Momaqaldiroq vaqtida elektr razryadlari havo azotining biologik doiraga qo‘shilishiga imkon beradi. Elektr o‘simliklarga ma’lum darajada bevosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin bu masala hali yetarlicha o‘rganilmagan. Havoning zichligi va barometr bosimi eng avvalo iqlim omillarining o‘zgarishini belgilaydi va shu bilan o‘simliklarga va o‘simliklar to‘plamiga ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferadagi suv burlari havoning tiniqligini pasaytirish va shu bilan yorug‘likning hamda azotning sifatini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Havo tarkibida bo‘ladigan chang ham ma’lum darajada ahamiyatga ega. Shaharlar va sanoat rayonlari havosida chang ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Dasht mintaqalarida ko‘pincha chang bo‘ronlari, ya’ni «qora» bo‘ronlar bo‘lib turadi, bunda havo quruq vaqtda shamol haydalma qatlamning ko‘p qismini uchirib ketadigan darajada kuchli esadi. Ko‘pincha janubi-sharqiy rayonlarda ko‘tariladigan chang-tuzon o‘simliklarga ayniqsa halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda chamasi, yuqori temperaturada havo haddan tashqari qurib ketishiga imkon beradigan juda mayda soz tuproq changi ishtirok etadn, bu esa ko‘pincha o‘simliklar bilan ekinlarni nobud qiladi.
Nihoyat, shamol va havoning harakatini ko‘rib chiqamiz. Shamol ekologik jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra bu haqda batafsil to‘htalib o‘tamiz. O‘simliklarga shamolning bevosita ta’siri transpiratsiyaning kuchayishiga, o‘simliklar turli darajada mexanik zararlanishiga yoki shox-shabbasining shakli o‘zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, shamol gullar changi, urug‘i, meva va boshqalarning kuchib yurishiga imkon beradi. Shamolning bilvosita ta’siri ko‘proq kuzatiladi: bunda havoning issiq va sovuq massalari, bulut, tumanning ko‘chib yurishi o‘z navbatida mazkur rayonning suv, issiqlik va yorug‘lik rejimini o‘zgartiradi, temperatura o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va hokazo.
Shamolning tezligi, odatda, anemometr bilan o‘lchanadi; tezlik esa vaqt sayin o‘zgarib turadi. Shamol tezligining yig‘indi qiymati ma’lum bir davr uchun ma’lum darajadagi informatsiya (axborot) berishi mumkin. Joyning relefi, shakli va o‘simliklar to‘plami, joyning dengiz va okean qirg‘og‘iga nisbatan holatiga qarab shamolning tezligi ortib boradi. Daraxt shox-shabbasi orasidagi shamolning tezligi shamol esadigan tomonda hamma vaqt maksimal darajada, shamolga teskari tomonda doim past bo‘ladi. Tuproq yuzasida esa u hatto o‘t qoplami past bo‘lgan holda ham ancha pasayib ketadi. O‘rmonda (ayniqsa u turli balandlikdagi daraxtlardan iborat bo‘lsa) shamolning tezligi 80% gacha pasayishi mumkin.
Modomiki, o‘t qoplami yer yuzasidagi shamolning tezligini keskin pasaytirar ekan, bu bilan shamol eroziyasining oldini oladi va shamol uchirib ketishi mumkin bo‘lgan tuproq zarrachalarini caqlab qoladi. Qirg‘oqlardagi kumlarda va cho‘llarda o‘simliklar qoplami dona va barxanlar hosil bo‘lishining oldini oladi. Ihota daraxtzorlar barpo etish xuddi ana shutarga asoslangan. Ihota daraxtzorlar barpo etish bilan transpiratsiya va bug‘lanishni kamaytirishga erishish mumkin, shunga ko‘ra, tuproq namidan to‘liq foydalanish, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini shamolning bevosita ta’siridan, tuproqni uchirib ketishdan va eroziyadan muhofaza qilish mumkin bo‘ladi barpo etilgan ihota o‘rmonzorlar esa joylarda 40% gacha issiqlikni saqlab qolish, bundan tashqari, qor to‘plash va uni br tekis hamda to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi. Lekin ihota maqsadida o‘tkazilgan daraxtlarning bo‘yicha nisbatan ikki baravardan ham ortiq bo‘ladigan ildiz konkurensiyasini olish kerak bo‘lad. Daraxtlariing butalar bilan aralash ekilgan uzun qatorlarining maksimum darajadagi samaradorligi uncha yuqori bo‘lmaydi.
Shamolning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi juda katta bo‘ladi, ular quyidagilarda ifodalanadi.
Qurish. Shamol bo‘lmagan vaqtda bug‘latish suv bug‘larining barg og‘izchalaridan oddiy diffuziya yo‘li bilan ajralishidan iborat bo‘ladi. Lekin havo harakatga kelsa vaqtda konveksiya tufayli bu protsess ancha kuchayadi. Garchi havoning to‘yinish defitsiti nolga teng bo‘lganda ham ya’ni havo juda nam bo‘lganda ham shamol bug‘lanishni kuchaytiradi. Lekin bunda bug‘lanish intensivligi shamolning tezligiga proporsional ravishda ortib bormaydi. Shamol barglar yuzasida to‘planadigan nam havoni uchirib yuborish bilan transpiratsiya protsessini kuchaytiradi, shunga ko‘ra mayda barglarda bu protsess ayniqsa yaxshi boradi.Bundan tashkari, shamolda barglar buraladi egiladi ana shunda hujayralararo bo‘shliqlar siqilib natijada og‘izchalar orqali suv bug‘lari ajralishi kuchayadi Kutikula qoplami barglarni qurib qolishdan ancha yaxshi muhofaza qoladi. Kuchli shamol vaqtida barg og‘izchalari yopilib oladi va fakat kutikula orqali transpiratsiya davom etadi. Shamol sovuq vaqtda, ya’ni tuprok ham sovuk, bo‘lgan vaqtda o‘simliklarni ayniqsa kuchli quritib qo‘yadi. Havo issiq vaqtda tuprokda foydali nam kam bo‘lganda esadigan issiq quruq shamol — garmsel ham o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holda transpiratsiya keskin ravishda kuchayadi lekin o‘simliklar ildizi kerakli miqdordagi suvni yetkazib bera olmaydi, natijada ular so‘lib qoladi.
Dasht zonasining janubi-sharqiy kismida garmsel tez-tez esib turadi. Agar boshoqdosh g‘alla ekinlari gullashining oxirida va doni yetila boshlashi davrida (sut pishiqlik davrida) garmsel shamol essa, boshoqlar sust rivojlanadi, doni siyrak va puch bo‘lib qoladi. Bunday hodisa havo quruq kelgan vaqtlarda hatto suv bilan yaxshi ta’minlangan, masalan, sholida ham ro‘y berishi mumkin. Bu holda transpiratsiya suvning o‘tkazuvchi sistema bo‘ylab oqishini haddan tashqari tezlashtirib yuboradi. Baland buyli o‘simliklar shamolning quritadigan darajadagi ta’siridan ayniqsa kuchli zararlanadi, shunga ko‘ra, normal sharoitda baland bo‘lib o‘sadigan o‘simliklar shamolning ta’- sirida past bo‘yli bo‘lib o‘sadi. Baland tog‘larda o‘sadigan yostiqsimon o‘simliklar kuchli esadigan shamollarga yaxshi moslashgan bo‘ladi. Ba’zan shamol yostiqsimon bo‘lmagan o‘simliklarda ham yostiqchalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday holda novdalarning uchki qismi ko‘rib ladi, yon tomondan ko‘plab qo‘shimcha novdalar o‘sib chiqadi, shox-shabba qalinlashadi.
Dostları ilə paylaş: |