8-ma’ruza O’simliklar hayoti uchun atmosferadagi gazlarning ahamiyati
Reja:
Atmosferadagi gazlar tarkibi
O’simliklar hayotida havoning ahamiyati. Kislorod va karbonat angidrid
Atmosferaning o’zgaruvchan komponentlarining ekologik ahamiyati
Havo xossalarining ekologik ahamiyati
O’simliklarning gazga chidamliligiga ko’ra ekologik guruhlari
Tayanch so’z va iboralar: atmosfera, gaz tarkibi, tuproq aeratsiyasi, havoning zichligi, shamol eroziyasi, pastsklik, deformatsiya, anemoxoriya, fizik, mexanik, kimyoviy, anatomik, fiziologik, biokimyoviy, gaoitual, fenoritmik, anabiotik, populyatsion, regeneratsion, fitosenotik
Atmosferadagi gazlar tarkibi. Atmosfera havosi Yerning ma’lum qobig‘i sifatida hayot uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Atmosfera havosi temperaturaning keskin o‘zgarishi va ultrabinafsha nurlarning tushishi oldini oladi, o‘simliklarda boradigan fotosintez protsessini karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta’minlaydigan man’ba hisoblanadi. Bundan tashqari, u temperatura va yorug‘lik tarqalishini o‘zgartirib, o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Nihoyat, chang donachalari, sporalar, urug‘lar va mevalar tarqaladigan muhit hisoblanadi.
Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo‘ladi. Yerning deyarli barcha kenglik zonalarida va vertikal mintaqalarida, o‘simliklar tarkalgan eng yuqori chegaragacha quruq havoning tarkibi quyidagilardan: 78,1% azot, 21% kislorod, 0,032% karbonat angidrid, 0,9% argon va vodorod izlaridan iborat bo‘ladi. Lekin boshqa tarkibiy qismlar ham bo‘lib, vaqtga va joyiga qapab, ularning o‘zaro nisbati keskin o‘zgarib turadi. Bularga ammiak, sulfat (IV)-oksid, o‘simliklardan ajraladigan gazsimon xushbuy moddalar, chang, tutun zarrachalari, mikroorganizmlar va ularning sporalari, o‘simliklar gulining changi, mayda urug‘lar, sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlar va hokazolar kiradi. Bulardan tashkqari, atmosfera havosi hech qachon qypyq bo‘lmaydi. Unda doim ma’lum miqdorda suv bug‘lari bo‘lib, uning mikdori har xil rayonlarda, turli vaqtda keskin o‘zgarib turadi.
Ekologik nuqtai nazardan qaraganda, havoning harakati, ya’ni shamol ham katta ahamiyatga ega. Nihoyat, atmosfera bosimining o‘zgarishi ko‘p jihatdan iqlim va ob-havo sharoitini belgilaydi. Ma’lumki, atmosfera azoti yuqori va ko‘pchilik tuban o‘simliklar uchun inert muhit hisoblanadi, chunki gazsimon azotni ular bevosita o‘zlashtira olmaydi. Shunga ko‘ra, atmosfera gazlaridan o‘simliklar hayoti uchun kislorod va karbonat angidrid katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |