Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


-ma’ruza O’simliklar hayoti uchun atmosferadagi gazlarning ahamiyati



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə23/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

8-ma’ruza O’simliklar hayoti uchun atmosferadagi gazlarning ahamiyati

Reja:


  1. Atmosferadagi gazlar tarkibi


  2. O’simliklar hayotida havoning ahamiyati. Kislorod va karbonat angidrid


  3. Atmosferaning o’zgaruvchan komponentlarining ekologik ahamiyati


  4. Havo xossalarining ekologik ahamiyati


  5. O’simliklarning gazga chidamliligiga ko’ra ekologik guruhlari


Tayanch so’z va iboralar: atmosfera, gaz tarkibi, tuproq aeratsiyasi, havoning zichligi, shamol eroziyasi, pastsklik, deformatsiya, anemoxoriya, fizik, mexanik, kimyoviy, anatomik, fiziologik, biokimyoviy, gaoitual, fenoritmik, anabiotik, populyatsion, regeneratsion, fitosenotik
Atmosferadagi gazlar tarkibi. Atmosfera havosi Yerning ma’lum qobig‘i sifatida hayot uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Atmosfera havosi temperaturaning keskin o‘zgarishi va ultrabinafsha nurlarning tushishi oldini oladi, o‘simliklarda boradigan fotosintez protsessini karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta’minlaydigan man’ba hisoblanadi. Bundan tashqari, u tem­peratura va yorug‘lik tarqalishini o‘zgartirib, o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Nihoyat, chang donachalari, sporalar, urug‘lar va mevalar tarqaladigan muhit hisoblanadi.

Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo‘ladi. Yerning deyarli barcha kenglik zonalarida va vertikal mintaqalarida, o‘simliklar tarkalgan eng yuqori chegaragacha quruq havoning tarkibi quyidagilardan: 78,1% azot, 21% kislorod, 0,032% karbonat angidrid, 0,9% argon va vodorod izlaridan iborat bo‘ladi. Lekin boshqa tarkibiy qismlar ham bo‘lib, vaqtga va joyiga qapab, ularning o‘zaro nisbati keskin o‘zgarib turadi. Bularga ammiak, sulfat (IV)-oksid, o‘simliklardan ajraladigan gazsimon xushbuy moddalar, chang, tutun zarrachalari, mikroorganizmlar va ularning sporalari, o‘simliklar gulining changi, mayda urug‘lar, sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlar va hokazolar kiradi. Bulardan tashkqari, atmosfera havosi hech qachon qypyq bo‘lmaydi. Unda doim ma’lum miqdorda suv bug‘lari bo‘lib, uning mikdori har xil rayonlarda, turli vaqtda keskin o‘zgarib turadi.

Ekologik nuqtai nazardan qaraganda, havoning harakati, ya’ni shamol ham katta ahamiyatga ega. Nihoyat, atmosfera bosimining o‘zgarishi ko‘p jihatdan iqlim va ob-havo sharoitini belgilaydi. Ma’lumki, atmosfe­ra azoti yuqori va ko‘pchilik tuban o‘simliklar uchun inert muhit hisoblanadi, chunki gazsimon azotni ular bevosita o‘zlashtira olmaydi. Shunga ko‘ra, atmosfera gazlaridan o‘simliklar hayoti uchun kislorod va karbo­nat angidrid katta ahamiyatga ega.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin