Shamol eroziyasi va uning ta’sirida hosil bo‘ladigan uyumlar. O‘simlik qoplami tuproqni shamol eroziyasidan muhofaza qiladi. Agar o‘simliklar qoplami buzilsa, shamol tuproqni uchirib ketadi va o‘simliklar ildizi ochilib qoladi. Shamol uchirib ketgan materiallar boshqa bir joyga borib to‘planishi, ba’zan o‘simliklarni ko‘mib yuborishi mumkin. Bunday holda o‘simliklar qo‘shimcha ildiz hosil qilishi juda muhim hisoblanadi. Bunday protsess qumli cho‘llar uchun xos bo‘lib, ulardan psammofitlar katta zarar ko‘radi. Dengiz va okeanlar qirg‘og‘iga kuchli shamol ba’zan sho‘r changni chiqarib tashlaydi. Bu xildagi chang qirg‘oqda o‘sadigan sho‘rga ta’sirchan o‘simliklarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ko‘pincha o‘simliklarning ana shu qirg‘oqlar bo‘ylab tarqalishini belgilaydi.
Kor qoplamining qayta taqsimlanishi. Shamol yonbag‘ir va nishab joylardagi qorni uchirib ketib, pastliklarda to‘playdi. Shunga ko‘ra, yonbag‘ir va tepaliklar shamol ta’sirida bo‘lganligidan qishda ko‘p vaqtgacha qor bilan yupqa qoplangan bo‘ladi, pastliklarni esa aksincha, uzoq vaqt davomida qalin qor bosib yotgan bo‘ladi. Ba’zan qop qoplamining bunday qayta taqsimlanishi o‘simlik qoplami ayrim komplekslarining chegarasini aniq belgilash imkonini beradi, bunday hol himoyalanmagan yonbag‘ir va tepaliklarda ro‘y beradi, odatda, bunda qor qoplamini shamol uchirib ketgan bo‘ladi.
Anemofiliya, ya’ni shamol yordamida changlanish. Ochiq urug‘lilar bilan bir pallalilar orasida shamol yordamida changlanuvchi turlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Gul changi shamol yordamida yuzlab kilometr masofaga tarqalishi mumkin. Ko‘pincha anemofiliya kam ishoichli va behuda deb hisoblaydilar, chunki chang donachalari kerakli vaqtda muayan turning tumshuqchasiga tushishiga ishonch kam bo‘ladi. Shunga ko‘ra, anemofil o‘simliklar ko‘p miqdorda chang ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. O‘rmon zonasidagi deyarli barcha daraxtlar, cho‘l va o‘tloqlarning asosiy dominantlari (boshoqdoshlar, qiyoqlar), shuningdek, dashtlarda o‘sadigan o‘simliklar (shuvoq, sho‘ralar) shamol yordamida changlanadi. Ular katta-katta guruh bo‘lib o‘sishi ko‘p jihatdan anemofiliyaiing «ishonchsiz»ligini qoplaydi.
Dostları ilə paylaş: |