Urug‘-qabiladinlari– totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar shomon qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular hozir Avstraliya, Janubi Amerika va Afrika- dagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan:
Milliy dinlar– ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa elat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik, hinduiylik, konfutsiylik, sintoizm kiradi;
- Jahon dinlari – dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Dinlar ta’limotiga ko‘ra, monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiylik) dinlariga bo‘linadi.
O‘tilganmavzubo‘yichasavollar “Dinshunoslik” fanining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Dinga qanday ta’riflar berilgan?
Din jamiyatda qanday vazifa (funksiya)larni bajaradi?
Dinlar qanday omillar asosida tasnif qilinadi?
Dinlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
Komil insonni tarbiyalashda din omilining o‘rni qanday?
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarga munosabat masalasida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?
Mustaqilishtopshiriqlari “Mustaqillik va din” mavzusida referat tayyorlang.
Dunyo dinlarining farqli va o‘xshash jihatlari haqida so‘zlab bering. 3.“Dinshunoslik” fanining maqsad va vazifalari haqida so‘zlab bering. 4.Turli olimlar tomonidan dinga berilgan ta’riflar haqida ko‘rgazmali slayd tayyorlang (MS Power Point).
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2018.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008
Gunnar Skirbekk, Nils Gilyo. Falsafa tarixi. –T.: Sharq, 2002.
Islom ziyosi o‘zbegim siymosida. – T: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2005.
Men A. Istoriya religii. – M.: 1994.
Peter Anters. Religii sovremennosti. Istoriya i vera. –M.: Progress- Traditsiya, 2001.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennыe religii. – M.: