Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


-rasm. Mintaqaviy rivojlanish banklari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə32/125
tarix14.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#178725
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

5.1-rasm. Mintaqaviy rivojlanish banklari

Xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya institutlari ham muhim rol o’ynaydi.


Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankn YeTTB — 1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ko’maklashadi.
Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo’lib hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo’lishi va biznes rejalarining ishonchli bo’lishini talab qiladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo’lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37%i va ovozlarining 35%i to’g’ri keladi.
OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashishi, hududiy hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari OTB va O’zbekiston o’rtasidagi istiqbolli hamkorlik temir va avtomil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish, qishloqlarda suv ta’minoti tizimini takomillashtirish ishlarini faollashtirishni nazarda tutadi.

      1. 5.3-jadval


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin