Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


O’zbekistonda lizing kompaniyalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə98/125
tarix14.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#178725
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

15.4. O’zbekistonda lizing kompaniyalari

«Baraka» universal lizing kompaniyasi.


O’zbekiston Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 9 noyabrdagi 427-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi»ga binoan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining sho’’ba korxonasi - «Bank-lizing» universal lizing kompaniyasi ta’sis etildi. Kompaniya 1996 yil 2 sentyabrida davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
1998 yil fevral oyida Yevropa Lizing Kompaniyalari Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (Shtab – kvartirasi Bryussel shahrida, 17 davlat lizing federatsiyalari a’zo) ning raislari va ijroya qo’mitalari «Baraka» universal lizing kompaniyasining shu tashkilotning muxbir a’zosi ekanligi haqidagi hujjatlarni tasdiqladi. Kompaniya lizing operatsiyalarini tashkil etish borasida va birgalikda faoliyat yuritish maqsadida mamlakatimizdagi 20 tadan ortiq tijorat banklari hamda Respublika tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo Palatasi bilan Bosh shartnomalarni imzoladi.
«O’zbek lizing interneyshnl aktsionerlik jamiyati» kompaniyasi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qo’shma lizing kompaniyasini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq 1996 yilda «O’zbeklizing interneyshnl AJ» tashkil etildi va o’sha yildan boshlab o’z faoliyatini yo’lga qo’ydi. Bu jamiyat yopiq turdagi aktsionerlik jamiyati bo’lib xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlantirishni maqsad qilib olgan.
«O’zbeklizing interneyshnl AJ» 4 million AQSh dollariga teng dastlabki ustav kapitaliga ega bo’lgan kompaniyadir. Uning muassislari Xalqaro moliya korporatsiyasi Malayziya Meybanki hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bo’lgan. Bundan tashqari, har bir muassis 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ham ko’zda tutilgan.
«O’zbeklizing interneyshnl AJ» kompaniyasi Respublikamizga yuqori unumdorlikka ega bo’lgan zamonaviy jihozlar va texnologiyalarni jalb qilish maqsadida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq, har biri 68 mingdan 300 ming AKSh dollariga qadar bo’lgan qiymatdagi ettita loyiha bo’yicha faoliyatini boshlagan.
Lizing kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sotib olishlarni uzoq muddatli moliyalash va texnologik asbob uskunalardan foydalanish;

  • eksport salohiyatini oshirish hamda import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga ilgor texnologiyalarni jalb etish;

  • kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni yuksaltirish uchun lizing xizmatlarining keng doirasini taqdim etish;

  • lizing operatsiyalarini o’tkazish va tavsiyalar berish uslubiyatini ishlab, chiqishdir.

Zamonaviy xorijiy asbob-uskunalar olishda lizingdan foydalanish korxonaning moliyaviy holatini etarli darajada barqaror bo’lishni talab etadi. Shuning uchun lizing loyihasini tayyorlashni uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich - korxona lizingga qanday asbob-uskuna olmoqchi, uni qaysi yo’l bilan qaysi transportda olib keladi, qanday o’rnatadi, ishga qanday tushiradi, xodimlarni o’qitishni hisobga olgan holda uning qiymatini aniqlaydi. Eng muhimi ushbu asbob-uskunaning raqobatbordoshligini belgilaydigan raqobat varag’ini tayyorlash ishlarini tashkil etadi.
Ikkinchi bosqichda - ushbu loyiha bo’yicha hamma masalalarga-texnik, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan kelib chiqadigan masalalarga javob beradigan biznes-reja tuziladi. Bunda asbob-uskuna qancha muddatga lizingga olinish mumkinligi aniqlanadi. Lizingni moliyalashtirish qismi juda puxta tayyorlanishi hamda kompaniyaning barcha mumkin bo’lgan harajatlarini qamrab olishini talab etadi.
Uchinchi bosqich - lizingga talabnoma va u bilan birga boshqa zarur hujjatlarni (ustav, ta’sis shartnomasi, soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan balans, biznes reja, korxonada mulk borligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar taqdim etishni ko’zda tutadi.
«O’zbeklizing interneyshnl AJ» tajribasidan lizing muddati ikki yildan besh yilgacha bo’lishi rivojlashtiriladi, chunki bu erda moliyaviy lizing o’z ifodasini topadi. Lizing muddati tugagach asbob-uskuna lizing oluvchining mulkiga aylanadi va uni qaramog’iga o’tadi. Alohida shuni ta’kidlash joizki, bunda asbob-uskunani tanlash javobgarligi lizing kompaniyasi zimmasida bo’lmaydi. Ushbu masalada mijozlarga maxsus bozor tuzilmalari «Texnoinvest» qo’shma korxonasi muassislardan biri bo’lmish tashqi savdo faoliyati sifati va ekspertizasini nazorati bo’yicha jahon etakchisi Shvetsariyaning SGS kompaniyasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo palatasi, injiniring va konsalting firmalari yordam ko’rsatadilar.
«O’zbeklizing interneyshnl AJ» - O’zbekiston bozorida birinchi yirik xalqaroda lizing kompaniyasi, shuning uchun ham ushbu kompaniya misolida lizing operatsiyalarini o’tkazishning xalqaro tajribasini - dastur mahsulotlarini ishlatishi, lizing loyihalarini tayyorligi va monitoringini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Odatda, xorijiy asbob-uskuna ishlab chiqaruvchining omborida bo’lmaydi, uni talab asosida tayyorlash ko’zda tutiladi. Buning uchun esa oldindan to’lov o’tkazilishi xorijiy bankda akkreditiv ochilishi lozim bo’ladi. 1-1.5 oyda ishlab chiqarishga, bir oyga yaqin vaqt ichida transportda tashib keltirishga, yana shuncha vaqt montaj qilishga, ishga tushirish va xodimlarni o’qitishga ketadi. Umumiy hisobda 4-5 oy kerak bo’ladi. Jami ushbu muddat davomida narx Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ekspertizasiga mos kelishini ko’zda tutish zarur bo’ladi. Bundan tashqari loyihani tanlashga, biznes rejani tayyorlashga, shartnomani ro’yxatdan o’tkazishga ketadigan vaqtni ham inobatga olishga to’g’ri keladi.
Kompaniyaning ishni tashkil etishdagi asosiy vazifasi - bu eng barqaror, to’lovga qobiliyatli, boshlang’ich kapitalga ega korxonalarni tanlashdir. E’tiborni o’ziga jalb etadigan narsalardan yana biri bu loyihani mahalliy xom-ashyo bilan ta’minlanishidir. Eng asosiysi, bozorda jiddiy marketing tekshiruvining mavjudligi va ishlab chiqarilgan mahsulotning haridorgir bo’lishidir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin