Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


-jadval Korxonalarning kreditga layoqatlik ko’rsatkichlari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə91/125
tarix14.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#178725
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

14.2-jadval
Korxonalarning kreditga layoqatlik ko’rsatkichlari
bo’yicha sinflarga bo’linishi



T/r

Nomi

1-sinf

2-sinf

3-sinf

1.

Koplash koef. (Q.k)

K.k 2

21

1>q.k>0,5

2.

Likvidlik koef.(K.l)

K.l 1.5

1.51

1>k.l>0,5

3.

Muxtoriyat koef.(Km)

K.m 60%

60%3 0%

30%>k.m>15%



Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya’ni ishonch krediti berilishi, qo’shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi va boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo’jalik yurituvchi subyekt manfiy qo’shimcha ko’rsatkichlarga ega bo’lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo’shimcha choralari ko’zda tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak.
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-mulk garovga qo’yilgandagina kreditlanadi.
Respublikamizda ba’zi tijorat banklari o’z ichki kredit siyosati talablaridan kelib chiqib, korxonalarning kreditga layoqatligi bo’yicha 4 sinfga bo’ladilar yoki ba’zi tijorat banklari (masalan, Halq banki) korxonalarning kreditga layoqatliligini reyting ballari asosida hisoblab chiqaradilar.
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llari deganda, bu iloji boricha asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarni yuqori bo’lishini ta’minlashdir. Demakki, har bir ko’rsatkich bo’yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul mablag’larining ortishi korxonaning birlamchi to’lovlarni oshirish uchun kerak mablag’larga bo’lgan extiyojlarni kamaytiradi va korxonada ishlab chiqarish maromiyligi buzilmasligiga olib kelishi mumkin.
O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti bo’yicha esa, yuqori natijalarga erishish uchun o’z mablag’lari manbaini ortishini ta’minlash kerak. Chunki oborotda ishlatiladigan mablag’larda o’z aylanma mablag’lari ulushi qancha ko’p bo’lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish tempini o’z aylanma mablag’lari mavjud summasini ortish tempidan pastrok bo’lishini ta’minlash zarur. Yana korxonada o’z aylanma mablag’larini immobilizatsiyasiga yo’l qo’ymaslik zarur, ya’ni ularning o’z maqsadidan boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo’l qo’yilsa, ularning balans bo’yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda oborotda qatnashayotgan aylanma mablag’lari kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag’lari aylanish koeffitsienti pasayadi, oqibatda o’z aylanma mablag’lari etishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag’lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llaridan yana foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o’tgan yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko’payishini ta’minlash kerak.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin