Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə36/125
tarix14.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#176835
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin
iqtisodiy hududlarning o’rni


Reja:

6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari.


6.2. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, obyektiv zarurligi va tasniflanishi.
6.3. Rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar barpo etilishi va rivojlanishi hamda ularning iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri.
6.4. Erkin iqtisodiy hududlarning investitsiyalarni jalb etishdagi ahamiyati. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari va ularga jalb etilgan investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag’batlarning qo’llanilishi.
6.5. O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarga jalb etiluvchi investitsiyalarning asosiy yo’nalishlari va samaralari.


Tayanch iboralar: erkin iqtisodiy hudud, bojxona boji, ilmiy texnologik zona, soliq imtiyozlari.


6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari

Iqtisodchi-olimlar tomonidan erkin iqtisodiy hudud tushunchasining mazmuni va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kungacha iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarga 30 xilga yaqin ta’rif berilmoqda. Chunki, na xorijiy adabiyotlarda, na mahalliy adabiyotlarda EIHning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan umumiy belgilari yoki umumiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tilmagan. Turli davrlarda EIHning mohiyatidan kelib chiqqan holda turlicha ta’riflanmoqda. Masalan, iqtisodchilardan A.Kuznetsov: «An’anaviy ma’noda EIH deganda, davlatning suveren hududi bo’lib, u erdagi xorijiy tavorlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin»41, deb ta’riflaydi.


1973 yil 18 mayda Kioto shahrida bo’lib o’tgan konventsiyada EIH tushunchasiga rasman izoh berilgan. Unda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud bu ma’lum bir davlat xududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi»42. Bizning fikrimizcha, bu ta’rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o’tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to’g’ridir. Ushbu tushunchadan ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlaridan, import solig’i va import nazarotilardan ozod etilgani uchun ham bu hudud erkin iqtisodiy xudud, deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga xorijdan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan, deb e’lon qilinmaydi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi.
EIHlarning mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o’ynashini hisobga olgan holda O’zbekistonda ham « Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi43 Qonun qabul qilingan. Unga ko’ra maxsus iqtisodiy zona – tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geofafik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Erkin iqtisodiy zona – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi.
Davlatning EIHni tashkil etish orqali maxsus hududlarga investitsiya oqimini kuchaytirishga qaratilgan intilishlarini T.Danko va Z.Okrutlar ta’kidlab o’tadilar. Ular EIHni «qulay investitsiya muhitini yaratish uchun hamda ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag’batlantiruvchi omil, mexanizm», deb biladilar44.
Iqtisodiy lug’atlarda EIHning xorij investitsiyalarining kirib kelishini rag’batlantirishiga urg’u berilgan. U yerda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud – xorij kapitali ishtirokidagi faoliyatni rag’batlantiruvchi, imtiyozli valyuta- moliyaviy va anchayin qulay soliq rejimlariga ega bo’lgan hududdir»45. Biroq, professor E.Avdokushenning fikriga ko’ra, mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo’l ochib berishni istamagan holda, balki investitsiyalarni ma’lum bir hududga yoki sohaga yo’naltirish niyatida, mamlakatning ba’zi yerlarida EIHlarni tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, so’ngi paytlarda davlatlar o’rtasida boshqa mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar borasida kuchli raqobat bormoqda. Demak, bundan xulosa qilsak, bu kurashda EIH «jahon xo’jaligi miqyosida ko’chib yurgan kapitallar uchun o’ziga xos qopqon»46, deb hisoblasa bo’ladi.
Iqtisodiy ilmiy adabiyotlarda, ko’pincha, EIHga investorlarni nima jalb qilishi yuzasidan baxs yuritiladi. Ba’zi bir olimlar, bu masalaning echimi, faqatgina qulay rejim, xo’jalik yuritishning maxsus sharoiti, deb hisoblaydilar. Xususan, Ya.Druzik ko’rsatishicha, «...har qanday erkin iqtisodiy hududning rivojlanishidagi muhim sababchisi imtiyozlardir (bo’lib hisoblanadi)...»47. Boshqa bir olimlar guruhi, masalan, V.Ivchenko, L.Samoylova, A.Kunetsovlar EIH rejimi taklif etadigan imtiyozlar tizimi, har doim ham xorijiy investitsiyani jalb etishda asosiy omil bo’lib hisoblanmaydi, deb biladilar. Olimlarning yozishicha, «xorijiy investorlar uchun imtiyozlar hal qiluvchi emas, ularni, ko’proq, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, xususiy mulkka nisbatan bo’lgan munosabat, erkin xalqaro bitim va shartnomalar qiziqtiradi»48.
Ayni paytda T.Danko va Z.Okrutlar ko’rsatishicha, «Erkin iqtisodiy hudud hamisha davlat yurisdiktsiyasi ostida bo’ladi»49.
Ushbu masala bo’yicha muallif professor K.Semenov fikriga qo’shiladi, Uning yozishicha, «...Erkin iqtisodiy hududning davlatga nisbatan bo’lgan mustaqilligi absolyut emas, balki nisbiydir...» va «...EIHdagi qonun mahsulot egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan butkul ozod etmaydi, balki uni engillashtiradi. Bu hudud, unga olib kirilgan tovarlarga turli boj va soliqlar to’lanmasligi yuzasidan erkindir»50.
O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan M.Raimjonova EIHni quyidagicha ta’riflagan: «mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma’muriy boshqaruvga ega bo’lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag’batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb tushuniladi»51.
Iqtisodiy adabiyotda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda «erkin iqtisodiy hudud» terminidan foydalaniladi. Biroq, bu termin uning mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. Bunda qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma’muriy tartib, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo’jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni engillashtiradi, ma’lum imtiyozlar beradi. Ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlari, import nazoratlaridan ozod etilgani uchun ham bunday hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb ataladi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy-huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi. Shuning uchun, fikrimizcha, bunday hududni «erkin» emas, balki «maxsus» iqtisodiy hudud, deb atash o’rinlidir.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin