Namunaviy usul о‘z mazmuniga binoan ma’lum bilim, maslahat, tavsiyalar beradigan tajribani umumlashtirishni bildiradi.
Fanning mazmuni va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Ushbu fan о‘z mazmuni mohiyatiga kо‘ra juda kо‘p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining kо‘pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, о‘rganish usullari moddiy boyliklarni yaratishda xо‘jalik boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilanadi va kursning dasturida tо‘la aks ettirilgan.
Bu fan bir qator fanlar bilan о‘zaro aloqada bо‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi. Jumladan, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, korxona iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot, miqroiktisodiyot, statistika, menejment, buxgalteriya hisobi va xо‘jalik faoliyatini tashkil etish, moliya va kredit, texnologiya fanlari bilan uzviy bog‘langandir. Ushbu fan, eng avvalo, iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari rivojlanishi natijasida shakllangan. Bu fan texnik fanlar bilan ham о‘zaro bog‘likdir. Shunday qilib, bu fan juda kо‘plab ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini о‘rganadi.
Fanning vazifalari
Marketing fanining vazifalari – о‘rganuvchida korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi muhitni tashkil qilish; bozor va iste’molchilarni, raqiblar, raqobat va tovarlarni о‘rganish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni, tovarlar harakati , sotish va xizmat kо‘rsatishni rejalashtirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va bajarilishini uyushtirish; marketingni a’borot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish jarayonlarini о‘z ichiga olgan tamoyillar va qoidalar haqida bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Marketing asosida bozorni har taraflama о‘rganish yо‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni kо‘rsatib о‘tish zarur:
talabni о‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni о‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni о‘rgatadi:
bozorni о‘rganishni;
uni taqsimlashni;
tovarlarni joylashtirishni;
marketing siyosatini olib borishni;
tovar siyosatini;
narx siyosatini;
taqsimot siyosatini;
siljitish (yо‘naltirish) siyosatini;
yuksalish, qо‘shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bо‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini о‘rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat kо‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni о‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |