b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
4. Harbiy psixologiya 5. Savdo psixologiyasi 6. San’at psixologiyasi 7. Ilmiy ijodiyot psixologiyasi Kelajakda shu kungacha ma’lum bo’lmagan faoliyat turlari bilan birga psixologiyaning yangi sohalari ham vujudga kelishi va rivojlanishi mumkin.
B. Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya: 1. Yosh psixologiyasi 2. Patopsixologiya miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi.
Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning
rivojlanishini o’rganadi.
Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini o’rganadi.
3. Qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya) 4. Akmeologiya – komillik darajasiga erishgan shaxsning rivojlanishini yuqori darajasi, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishning eng yuqori cho’qqisiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
V. Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari: 1. Ijtimoiy psixologiya 2. Shaxs psixologiyasi (differensial psixologiya)
3. Etnopsixologiya 4. Boshqaruv 5. Siyosiy psixologiya 6. Marketing psixologiyasi 7. Din psixologiyasi Zamonaviy psixologiya fanining tarmoqlari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud. Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rol o’ynagan.