tarixiy taraqqiyotidagi bir xil sabab va natijalarni muntazam suratda taqqoslab berish
o’quvchilarni hodisalar o’rtasidagi ushbu bog’lanishlar tasodifiy bo’lmay barqaror va zaruriy
qonuniyat ekanligi to’g’risida xulosa chiqarishga olib keladi.
Tarixiy rivojlanishning qonuniyatlarini chuqur o’rganishda taqqoslashining ahamiyati kattadir.
Masalan: O’qituvchi 6 – sinfda ―Jahon tarixi‖ning oxirgi bo’limlarida «Qadimgi Hindiston»
yoki «Qadimgi Xitoy» mavzularini o’tayotganda, o’quvchilarga Qadimgi Hindiston yoki
Qadimgi Xitoy davlatining paydo bo’lishining xuddi shu haqidagi bilimlar bilan, ya’ni
boshqa qadimgi davlatlar(Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Rim va h.k.)ning paydo
bo’lishi tarixi bilan taqqoslab o’rganishni tavsiya qiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish uzoq muddatli jarayon bo’lib, u
o’quvchilarda umumiy va zaruriy bilimlar va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ishlarini muhim
tarkibiy qismidir.
Dostları ilə paylaş: