Tarix standartlar tuzilishi va mazmuni
Kirish, bo’lim
Majburiy
minimum
Tayanch
komponent
Tayyorgarlikka
talablar
O’rta ta’lim va o’rta maxsus
ta’lim tizimida tarix o’qitishning
maqsadlari
Tarix fanining o’quv rejasida
o’rni
Asosiy mazmun
Tarixiy umum tomonidan qabul
qilingan dalil va qoidalar
(umum tomonidan qabul
qilingan va o’quvchilar
o’zlashtirishi uchun minimal
talablar
)
Tarixiy dalillar va nazariya
(o’qituvchi tomonidan berilishi
kerak)
Mezonli yo’naltirilgan
Таrix bo’yicha o’quv malakalari
va ko’nikmalari
Taxminiy baholash topshiriqlari
O’rta umumta'lim o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari uchun yaratilgan o’quv dasturlari
tuzilishi, mazmuni.
O’rta umumta'lim o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun yaratilgan darsliklarimiz tili ravon, sodda, ixcham, o’quvchi hayoti, faoliyatiga
yaqin matnlardan tashkil topgandagina, u bolalarning sevimli kitobi bo’ladi, o’quvchilar
mustaqil holda o’rganishi mumkin bo’lgan «ikkinchi o’qituvchi» vazifasini bajaradi, to’la
ma'nodagi bilim manbaiga aylanadi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, didaktikaning semantik jihatlarini aniqlash kam o’rganilgan
sohalarga kiradi. Hanuzgacha tushunish muammosi (mohiyati) olimlar tomonidan turlicha talqin
qilinadi, didaktlar semantik jihatdan murakkab matnlar va g’oyalarni bayon qilish usullari ustida
kam bosh qotirmoqdalar. Ilmiy kontseptsiyalar murakkablashib, chuqurlashib borayotgan hozirgi
davrda semantik muammolar o’quv materiallarini bayon qilish, o’quvchilarni fan rivojining
yangi davrini tashkil qiluvchi nazariyaga ertaroq olib kirish, ta'limda dalillar bilan nazariya
munosabatlarini hal qilishga o’tish muhim ahamiyatga ega. Bu masala ham tezroq o’z yechimini
topishi kerak.
Yana bir muammo ustida to’xtalishni lozim topdik. Gap shundaki, biz qo’pincha «ta'lim
mazmuni» bilan «o’quv fani mazmuni» tushunchalarini bir xil deb qaraymiz. Aslida unday emas.
Oldingi tushuncha kengroq, ya'ni o’quv fani mazmuni faqat shu fanga oid bilimlarni —
tushuncha, hukm, xulosalarni o’z ichiga oladi. Ta'lim mazmuni esa, bundan tashqari, ilmiy bilish
metodlari, usullari va amallari, ya'ni o’quvchilarda mustaqil bilish malakalarini hosil qiluvchi
metodologik bilimlarni (ta'rif, isbot, tahlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, tasniflash,
sistemalashtirish, umumlashtarish va boshqalarni) ham o’z ichiga oladi. Bu borada ham
darsliklarimizda anchagina kamchiliklar mavjud.
O’quvchilarda bilim olishga intilish va bilim olishga ehgiyoj bo’lishi, o’qish maqsadlari ichki
zaruratga aylanishi kerak. O’quvchi real hayotga kirib borishi, unda faol ishtirok etishi uchun
bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga, ilmiy bilish metodlariga ega bo’lish kerakligini ongli
ravishda tushunib yetishi lozim. Chunki, ochiq jamiyatning asosiy belgisi — bu dunyoni anglab
yetish va unda o’zining munosib o’rnini topishi uchun erkin izlanishdir. O’quvchilarda
tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o’zlashgirishni, zarur malaka va
ko’nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog’lanishli nutqni, xotira va ijodiy
tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik printsip — bu ta'limdagi faollikdir. Faollik
mezonlari onglilik printsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo’ladi.
Bunday tizimda o’quvchi ham, o’qituvchi ham talim-tarbiya jarayoniga birgaliqda mas'uldirlar.
Ular birgalikda har bir o’quvchining bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar.
Bunday holatda o’qituvchi faqat «baholovchi» emas, balki yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga
aylanadi.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovatsiya» tushunchasi keng o’rin olgan.
Bu tushuncha «yangilik», «isloh» tushunchalarini anglatadi. Keng ma'noda qaraganda ta'lim
tizimidagi har qanday o’zgarish — bu pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalar
ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qo’llanar edi, so’ngra ta'lim tizimidagi har
qanday yangiliklarga nisbatan ishlatiladigan bo’ldi. Pedagogik yangaliklarning texnologiya deb
atalishi boisi ham shunda. Hozirgi davrga kelib pedagogik innovatika fani shakllandi. Pedagogik
innovatika — pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan
o’zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot sifatida qaraladi.
Bu ta'limot uch yo’nalishni o’z ichiga oladi. Birinchisi, pedagogik neologiya (yunoncha «neo»
— «yangi» va «logos» — «ta'lim», ya'ni yangilik haqidagi ta'limot) deyilib, bunda pedagogika
sohasidagi har qanday yangiliklar o’rganiladi, umumlashtiriladi.
Ta'lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq
hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ammo uzoq yillar mobaynida biz
ana shu haqiqatga amal qilmagan holda dastur, darslik va o’quv qo’llanmalari yaratishga majbur
bo’ldik. Hozirda yaratilayotgan o’quv-myotodik vositalarda ayni shu jihatlar hisobga olinmoqda.
Lekin, ochiqtan olish kerakki, bu oson kechayotgani yo’q. Chunki pedagogikamiz o’nlab yillar
mobaynida milliy iddizlardan juda yiroqda edi. Sho’ro zamonining o’sha eski qoliplaridan
hamon to’la qutula olganimizcha yo’q. Biz bu haqida yuqorida batafsilroq to’xtalib o’tdik.
Shuning uchun ham dastur va darsliklar yangicha fikrlay oladigan, milliy didaktikamiz
xususiyatlarini biladigan kishilar tomonidan yaratilishiga alohida e'tibor berilmoqda. Darslik
yozishga talab me'yorlari ishlandi. Har qanday dastur va darslik bevosita vazirlik qoshida tashkil
etilgan maxsus ekspert guruhi tomonidan ko’rib chiqilgavdan keyingana nashrga tavsiya etiladi.
Har bir o’quv fanidan o’quv-metodik majmualar yaratishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ya'ni
muayyan o’quv fani bo’yicha ta'lim kontseptsiyasi, standarti, dasturi, darsligi, metodik
qo’llanmasi to’liq yaratilishi lozim. Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy
kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o’ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to’liq xisobga
olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali
o’quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o’quvchini o’qitish
kerak emas, uni o’zi o’qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o’zi izlanmas ekan,
ta'limda yutuqqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli
xarakterga ega bo’lishi, o’quvchilarni o’ylanishga, izlanishga, sinab ko’rishga da'vat qiladigan
tarzda tuzilishi lozim.
Ko’pchilikka ma'lumki, Prezident Islom Karimov o’zining O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi XIV sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusidagi ma'ruzasida ta'limda
davlat standartlarini sinovdan o’tkazish va joriy etish bo’yicha mutasaddilar oldiga quyidagi
vazifalarni qo’ygan edi:
«Yangi o’quv yili boshlangunga qadar mazkur tajriba qanday o’tayotganligini va uning dastlabki
natijalarini nuqur tahlil etib, ta'lim andazalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmuniga
islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ya'ni yosh avlodni kamol toptirishga
qaratilgan tuzatishlar kiritish zarur».
Xo’sh, respublikamizda Prezidentimizning topshirig’ini bajarish bo’yicha nima ishlar qilindi,
nimalarga erishildi, ta'limiy standartlashtirishni ommaviy joriy etish uchun yana nimalarga
e'tibor berish kerak? Endi mana shu masalalarni bayon etishga kirishamiz.
Davlat ta'lim standartlarini qo’llash o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaganidek, uni yaratish ham
tasodifiy bir hol emas.
Vazirlik, ta'limda islohotlarni amalga oshirish boshlangan dastlabki yillardanoq ta'lim
dasturlarini yangi maqsadlar yo’lida qayta yaratish, ta'lim kontseptsiyalarini, standartlarini ishlab
chiqish va joriy etashga, ularni tajriba-sinovdan o’tkazish, ta'lim standartlari asosida faoliyat
ko’rsatadigan makgablar soni kengaytirib borish yo’lidan bordi, xorijiy davlatlarning bu
sohadagi tajribalarini o’rganish, ularni xalqimizning etnik xususiyatlari, milliy shart-sharoitiga
moslashtirilgan holda joriy etish masalasiga alohida ahamiyat berdi. O’rta talim va o’rta maxsus
ta'lim tizimida tarix o’qitishning asosiy vazifasi – o’quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish,
shu bilimlarni amaliyotda qo’llanish ko’nikmalari va mahoratni hosil qilishdan iboratdir. Tarixni
o’rgatish yoshlarni miliy g’oyani singdirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish,
hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tendentsiyalari va ziddiyatlari mohiyatini to’g’ri
tushunishga tayyorlashning muhim vositasidir.
Tarix kursining ta'limiy vazifalari:
O’quvchilar tarixiy jarayonni va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlaridagi ijtimoiy
hayotning turli tomonlarini xarakterlab beruvchi muhim tarixiy faktlarni puxta o’zlashtirib olgan
bo’lishlari zarur.
Tarixiy faktlarni o’zlashtirish natijasida o’quvchilar tarixdagi asosiy voqealarni, ular o’rtasidagi
o’zaro bog’liqlikni hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi aniq tarixiy tasavvurlar
sistemasini hosil qilishlari lozim.
O’quvchilar tarix kursidagi muhim tarixiy tushunchalarni puxta o’zlashtirishi, jamiyatning
ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini mukammal tushunib yetishi, tarixni o’z yoshiga qarab ilmiy
asosda tushunishi lozim.
O’quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materialllarni o’rganishda,
o’tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda, kundalik ijtimoiy ishlarda, hayotda qo’llana
bilishlari lozim.
O’quvchilar tarixiy material bilan, har xil matnlar (darslik, tarixiy hujjatlar, ilmiy-ommabop
adabiyot, siyosiy risolalalr, gazeta va jurnallar), xarita va illyustratsiyalar bilan ishlay bilishi, reja
tuza bilishi, ma'ruzani yoza bilishi, tarixiy materialni sistemali va asosli ravishda bayon qila
bilishi ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olishi, dokladlar qila olishi lozim.
Tarixiy faktlarni o’zlashtirish ta'lim-tarbiya jihatidan har qancha muhim bo’lsa ham, faktlarni
bilishning o’zi o’quvchilarning tarixni bilish jarayonidagi birinchi bosqichdir.
Tarixni o’rganib, bilib olishning ancha yuqoriroq bosqichi tarixiy faktlar o’rtasidagi muhim
bog’lanish va munosabatlarni bilib olish, ularni amalda tadbiq eta olishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |