Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar Tarix o’qitish
jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o’qitishning metod va usullari, natijalari)
o’rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo’ladi: o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o’qitishning
mazmuniga, g’oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo’lishiga bog’liq bo’lganidek,
o’quvchilarning tarix kursini o’zlashtirish darajasi ham o’z navbatida o’qitishning o’rganiladigan
mavzuning maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari,
o’qitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana
bilishiga bog’liqdir.
Shuningdek, o’qitishning natijalari ham o’qituvchining o’qitishdan ko’zlangan maqsadni, uning
ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga
oshirishga yordam bera oladigan metod va usulllardan ilmiy asosda foydalana bilishiga
bog’liqdir. Tarix o’qitish jarayoning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bu o’zaro dialektik bog’lanish
natijasida ular bir-biriga o’zluksiz ta'sir ko’rsatib boradi. Tarix o’qitishda ana shu qonuniyatlarga
suyanmasdan, ularni e'tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi.
Prof P.V.Gora tarix o’qitish metodikasi programmasi
va lektsiya kursining ilmiy
asoslariga bag’ishlangan ma'ruzasida o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limi
jarayonining umumiy qonuniyatlarini
quyidagi sxemada ifodalab,
ularning har qaysisiga izoh
beradi.
Tarix o’qitish deganda, tarixiy material vositasida o’quvchilarga bilim berish, ularni
milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan
jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni
tushuniladi.
Tarix kursining mazmuni deganda, birinchi galda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy
bilimlar ko’lami, o’quv materiali: uning asl mazmuni, o’quvchilarning tarixiy materiallarni
o’zlashtirish olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o’quv usullari, ko’nikma va
malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini
egallashlari ko’zda tutiladi.
Tarix o’qitishni tashkil qilish deganda, tarixni o’qitish va o’quvchilarning uni o’rganishni tashkil
etish, ularning o’rganish faoliyatini o’qituvchilarning boshqarishiga yordam beradigan metod va
metodik usullar, o’quvchilardagi mavjud bilimlarn ishga solish ularni ijodiy bilishga
Dostları ilə paylaş: