―aqliy hujum‖ metodi boshlanib, o’qituvchi o’quvchilarga mavzuga oid savollar beradi va
o’quvchilar bilan birga bu savollarga javob topishga harakat qiladi. O’rganilayotgan har bir
muammo o’z yechimini topishi uchun o’qituvchi fikrlarini Prezident asarlaridan olingan iboralar
bilan to’ldirib izohlab borsa, uning har bir aytgan fikri asosli chiqishiga erishadi.
Bundan tashqari tarix darslarida Prezident asarlaridan foydalanib, o’quvchilarni xalqaro
terrorizm g’oyalariga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalash bugungi kunning ta’lim sohasi oldiga
qo’ygan asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yurtboshimiz o’zining ―O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖, ―Xavfsizlik va
barqaror taraqqiyot yo’lida‖ asarlarida va ko’pgina nutqlarida terrorizmga qarshi kurash
borasidagi o’z fikrlarini birma – bir izohlab bergan. ―…Inson va kam sonli millatlar huquqlari,
ularning xavfsizligi kafolatini, ijtimoiy qadriyatlardan teng bahramand bo’lishi kafolatlarini
ta’minlash, terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash sohalarida hamkorlikka doir ma’lumotlarni
markazlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratish zarurati ham yetildi‖.
9
(Terrorizmga oid