Ma’ruza Mavzu : O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar



Yüklə 499,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.10.2023
ölçüsü499,85 Kb.
#153568
  1   2   3   4
Ma’ruza Mavzu O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar



1
-
Ma’ruza 
Mavzu
: O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar
 
rivoji.
 
Mustakil Uzbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji. 
 
Re j a: 
1. O’zbekistonda 1924-1924 yillardagi ma’naviy-madaniy muxit xamda milliy 
maktab-maorifini joriy kilish borasidagi sa’iy-xarakatlar. 
2. Oliy ta’limning shakllanishi va kadrlar iayyorlash muommolari (1917-1924)
3. Turkistonda Milliy davlat chegaralanishi utkazilgandan sung xalk ta’limi va 
mutaxassis kadrlar tayyorlash muommolari. 
4. Mustabid tuzim davrida oliy va urta maxsus ta’lim tizini, fan va madaniyat. 
5. Mustakillik va ta’lim tizimida isloxatlar. 
6. Uzbekiston Respublikasida «Ta’lim tugrisida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi».
Tayanch so’z va iboralar: 
Ilm-fan, olim, madaniyat, mutafakkir, inson kamoloti, tarbiya, ta’lim, algebra, 
matematika, fikrlar, ijtimoiy qarashlar, falsafiy qarashlar, ijod, ta’limiy-axloqiy 
asarlar, xulq, odob, bilim, aql.
Adabiyotlar ro’yxati: 
1. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. I jild, T.: «O’qituvchi», 1995, 140 bet. 
2. Zunnunov A. O’zbek pedagogikasi tarixi. T.: «O’qituvchi», 1997, 272 bet. 
3. Zunnunov A. va boshq. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan 
lavhalar. T.: «Fan», 1996, 350 bet. 
4. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. I jild, T.: «O’qituvchi», 1995, 140 bet. 
5. Ma’naviyat yulduzlari (Tuzuvchi M.Xayrullaev). – T.: 2001. – 408 bet. 
1.
1917-1924 yilgi fevral vokealari va oktyabr davlat tuntarilishidan sung Markaziy 
Osiyo xalklarining xayotida-ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, 
jumladan xalk maorifi soxalarida keskin uzgarish yuz berdi. 
2.
Turkiston ulkasida milliy demokratik vakillari, mashxur ma’rifatparvar ziyolilar 
tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmogini yaratish, maktab-maorif 
borasida zudlik bilan isloxatlarni amalga oshirish yuzasidan bir kaor takliflar ilgari 
surildi. 
3.
Shuni ta’kidlash lozimki, xozirgi Uzbekiston xududida podsho xokimiyatining 
agdarilishi natijasida madaniy xayot va ma’naviyat soxalarida murakkab, ziddiyatli 
jarayonlar kechdi. Oldingi kariyb ellik yillik mustamlakachilik siyosatisha 
karamasdan xalk ommasi uz madaniyati, urf-odatlarini saklab, ximoya kilib kelgan. 
Kup asrlik uzbek milliy madaniyati, kadriyatlari katori yangi shakllar karor topdi. 
Xalk farzandlari maktab va madrasalarda ta’lim olardilar, kushimcha yangi usul 
maktablari, rus-turarjoy maktablari, gimnaziyalar faoliyat kursatadi. Gazeta va 
jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar ma’rifatchilikni 
rivojlantirdilar. Kutarilgan jadidchilik xarakati ma’rifatchilik va isloxatchilik 
xarakatlarini kengaytirib yubordi. Jadidchilik 1917 yilga kelib ijtimoiy va moxiyatini 
islom dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy akidalari, milliy urf-odatlarimizning 
sermazmun va insonparvarlik sifatlari tashkil kildi. 


4.
Xalk ommasining madaniy an’analari, ma’rifatchiligi, a’naviyati, e’tikodi, milliy 
urf-odatlari, san’ati, ogzaki ijodiyoti nixoyat darajada sermazmun, kur kirrali,yuksak 
insonparvarlik goyalari bilan yugirilgan kup asrlik tariximiz maxsuli bulib keldi. Ogir 
jaroxatlar yetkazilgan bulishiga karamasdan miliy imon-e’tikod va ma’naviyat saklab 
keldi, axoli turmush tarzining asosini tashkil kildi. 
Madaniy va ma’naviyatdagi elimiz oldida turgan yagona yul boy merosimizga 
tayanib, uni inkor kilmasdan yangi sharoit vazifalarini belgilash, jamiyatning barcha 
katlamlari ishtirokida, xar birining istak-intilishlaridan kelib chikib yuksalish istiklol 
sari xarakat kilish bulib koldi. Asriy xalk merosi bilan bir katorda ilgor milliy 
ziyolilar, jumladan, jadidlar yuzaga keltirgan maxrifatchilik kurinishlari bulmish 
maorif, matbuot, badiiy ijod va boshkalarning axamiyati, kadr-kimmatiga tayanish, 
tegishli urin berish zarurati xam kuzga tashlanadi. Bu ilgor karashlar, milliy 
mustakillik va istikbolga yugrilgan yuksak tuygular ulug davlatchilik, kolonial 
siyosat, feodal-klerikal, konservativ zurovanliklarga karshi kurashda chinikib 
kamolatga va yuksaklikka tomon intildi. 
Elimizdagi milliy 
madaniyatimizni zamonaning ilgor tsivilizatsiyasi, 
madaniyati maorifi bilan uygunlashtirib davom ettirishga kodir, layokatli ijodiy 
kuchlar yetishib chikkan va yetishib chikmokda edi. Xalk ommasining ma’rifatini 
rivojlantirishga intilib kelgani milliy ziyolilarimizga kuch-kuvvat, ilxom bagishladi.. 
Ammo Uzbekiston xududida ma’naviyat va madaniyat 1917 yildanboshlab 
murakkab vaziyatni boshlab kechirdi, jiddiy tusiklar va buzgunchiliklarga uchradi. 
Turkistonni kizil imperiya koloniyasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar kiyosati 
va amaliyotini xalk ommasi, milliy ziyolilar kabul kilmadilar. 
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chukur ijtimoiy-
madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilari, ijod axli bulmish Munavvar Kori,
Maxmudxuja bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, CHulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, 
Xamzi, Gozi Yunus Xurshid va boshkalar bilan bir katorda XX asr busagasida 
tugilgan iste’dodli yoshlar Mashrik yunusova (Elbek), Naim Said, Rafik Mumin, 
Maxmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshka kator ziyolilar madaniyat 
maorif soxalarida jonbozlik kildilar, ijtimoiy yunaltirilgan ijod bilan shugullandilar. 
Milliy madaniyatimizning eng kadimgi va yirik markazi bulgan Samarkandda 
mashxur ma’rifatparvarlar Maxmudxuja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir 
Shomonsurzoda, Said Axmad (Vasiliy), Saidaxmadxuja Siddikiy, Mardonkuli 
Shomuxammadzoda zudlik bilan maktab isloxatini amalga oshirish fikri bilan 
maydonga chikdilar. Ular 1917 yil aprel oydidan boshlab chikayotgan «Xurriyat» 
gazetasi saxifalarida yangi usulda maktablarning keng tarmoklarini yaratish zarurligi 
xakida fikrni surdilar. «Anjumani maorif» jamiyatining mablaglariga «rushdiya» 
maktabi ochildi, unda bepul ukitilar edi. Abdurauf Fitrat biln Kamol SHams bu 
maktabda ukuvchilarga islom diniy ta’limotini, islom tarixini, musulmon xukukini, 
turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixini 
ukitar edilar. Yoz faslida Samarkandning uzida tanikli ma’rifatparvar, shoir va 
dramaturg Xoji Muin SHukrullo «Tarbiya» maktabi ochdi. 
1917 yil fevral bilan oktyabr orasida Turkistonning yirik shaxarlarida turli 
tillarda dars beriladigan xususiy makiablar ochildi. Lekin uktuvchilar tayyorlash sifati 
zamoln talablaridan orkada kolganligi sababli ukituvchi kadrlar tayyorlash kurslari 
xam ochila boshladi. Chunonchi, iyulda Samarkanddagi «Nashri maorif» jamiyatida 


milliy maktablar uchun ukituvchilar bilan bir katorda axolini ng kambagal 
tabakalaridan chikkan ukituvchilar xam ta’lim ola boshladi. Kambagallar uchun ukish 
yaxshi tayyorlangan ukituvchi zarurligini tushunib yetib ukituvchilar seminariyalariga 
va musulmon maktablariga yuborishni yoklab chikdi. 
Ana shu davrda illiy xalk ta’limini itashkil etish muammosi aloxida keskin 
bulib turgan edi. Turkiston ulkasining markazi- Toshkentda 1917 yil 9-15 may kunlari 
ukituvchilarning 1-ulka kurultoyi bulib utdi. Kurultoyda ma’ruzala kilgan Muvakkat 
xukumat Turkiston kumitasining a’zosi S. Maksudov, yirik sharkshunos L.Zimin,, 
Fargona viloyatining maorif buyicha inspektori F. Yegorov maxalliy axoliga ta’lim 
bei sh ishida rus-tubjoy maktablarining yaroksiz ekanligini isbotlab berdilar. Kurultoy 
ana shu tipdagi maktabni ona tilida ukitiladigan milliy maktab bilan almashtirish 
fikrini ma’kullab chikdi. 
Oradan kup utmay 1917 yili 20 maydan 23 maygacha Toshkntda musulmon 
ukituvchilarning kurultoyi bulib utdi. Unda asosan musulmon maktablaridagi 
ukituvchilarning ishi masalasi muxokama kilindi. Kurultoy karorlarida asosan rus- 
tubjoy maktablarini milliy maktablar blan almashtirish zarurligi kursatib utildi, bu 
maktablar uch boskichga-kuyi, urta va yukori boskichga bulinishi lozim edi. 
Boshlangich ta’lim umumiy, majburiy, bepul, olti yillik bulishi kerak edi. Asosan 
ukitiladigan fanlar orasida islom ta’limoti, asoslari, ona tili, rus tili (4-sinfdan 
boshlab), arifmetika, tabiatshunoslik, tarix (milliy va rus tarixi), geografiya (umumiy 
va rus geografiyasi ) xam bor edi. Kurultoyda tashkil etilgan «Musulmon ukituvchilar 
kengashi (rais-Murod xuja Solixujaev kotii-S.Abdusamatov) rus-tubjoy maktablarini 
milliy maktablarga aylantirish dasturini ishlab chikdi. Yangi ukuv yili arafasida uning 
loyixasi Toshkent shaxar dumasi tasdigi takdim etildi. 1917 yil 10 sentyabrdagiDunay 
majlisida suzga chikkan Munavvar Kori maktabni islox kilish xakidagi «Musulmonlar 
ukituvchilar kengashi»ning ma’ruzasini takdim kildi va unda musulmon maorif 
xodimlari-ukituvchilarga nixoyatda extiyoj sezilmokda, deb kursatib utildi. 
Dumaning dikkat e’tibori yerli axolining farzandlari uchun muljallangan 
maktablar sonin keskin kupaytirish zarurligi va axolining turli guruxlari urtasida 
ovropa tipidagi maktablar bir tekisda taksimlanmaganligiga karatildi. SHu mknosabat 
bilan rus-tubjoy maktablarini milliy maktablarga aylantirish, ularga kushimcha kilib 
yana 11 ta maktab ochish, musulmon ukituvchilarining maoshini rus ukituvchilarinika 
bilan baravarlash xamda ikki yillik ukituvchilar kurslari ochish taklif etildi. 
Dumaning uzok muxokamadan keying rus-tubjoy maktablarini milliy 
maktablarga aylantirish loyixasini tasdikladi. Lekin turkiston maktablarining 1917 yil 
fevralida kulga kiritgan erkin rivojlanish imkoniyati bolsheviklar tomonidan otyabrda 
amalga oshirilgan davlat tuntarishi natijasida ruyobga chikmadi. 
Oktyabr tuntarishidan sung yangi sovet maktabini tashkil etish vazifasi ilgari 
surildi. Bu jarayonga komissarliklar tizimida tashkil topgan Maorif xalk komissarligi 
raxbarlik kilishi lozim edi. Birok ma’lum vaktgacha maktab tarmoklarini
boshkarishning eski tizimi xam saklanib kolindi. 
1918 yilning martigacha Turkistonda Vasiylik kumitasi mavjud bulib turdi. 
Kumta ukuv yurtlari tarmoklariga raxbarlikni amalga oshirib, turkiston 
pedagoglarining manfaatlarini ifodalaydi va maktabni siyosat ta’siridan saklashga 
xarakat kiladi. 


Yangi xokimiyat uz navbatida Vasiylik kumitasi va ulkaning barcha 
ukituvchilarini Xalk Komissarlari Kengashi bilan xamkorlikda ishlashlarini talab 
kiladi, xamkorlik kilishga javob tarikasida maktab xodimlari maoshini kupaytirishga 
va ukuv yurtlariga mablaglar ajratishga va’da kildi. Birok ukituvchilar ittifoki Xalk 
komissarlari Kengashi bilan xamkorlik kilishga istamaganligi sababli ular ish xakini 
oshirish va maktablarning moddiy a’volini yaxshiash uchun mablaglar ajratmadilar. 
Buning tustiga mart oyida ma’murlar urta ukuv yurtlarini yopib kuyish xakida 
farmoish berdilar, bundan maksad navbatdagi ukuv yilining boshlanishiga kadar 
ularni «yangicha asosarda» tashkil etishdan iborat edi. 
1918 yilning 23 martida RSFSR Maorif xalk komissarligi Kengashi Ulka xalk ta’limi 
kengashini tashkil etish xakida buyruk chikardi. Mazkur Kengash Turkiston xududida 
xalk ta’limi tizimiga raxbarlik kilishga lozim edi. Joylarda ularning viloyat, shaxar, 
uezd kengashlari xuzurida xalk ta’limi kengashlari tashkiletildi. Lekin dastlabki 
kunlardan boshlab turkistonlik ukituvchilar kupchilik kismining manfaatlarini
ifodalab, umumdemokratik yulda kattik turdi. Bundan norozi bulgan sovet xukumati 
va xsuan Maorif xalk komissarligi uzining tor sinfiy maksadlariga amal klib mazkur 
kengashga nisbatan ajratuvchilik siyosatini amalga oshira boshladi. 
Bolsheviklarning eski maktabga dushmanligi xususiy ukuv yurtlariga bulan 
munosabatda ancha keskin namoyon buldi: yangi usul maktablariga yeredit 
ajratilmadi, ayrim xususiy rus maktablari ma’murlarining farmoishlari bilan yopib 
kuyildi. 
Xalk Komisarlii Kengashining 1918 yil 14 maydagi buyruni bilan yagoa
umumiy maktabni tashkil etishga kirishildi. Turli tipdagi ukuv yurtari «ular ukishni 
xolaydiganlar uchun yoshi, millati, kaysi dinga e’tikod kilishidan kat’iy nazar 
guvoxnomalarsiz barcha maktablarda bepul ukitish joriy etilishini e’lon kildi. 
1918 yil iyun oyining urtalarida bulib utgan Umumturkiston xalk ta’limi 
arboblarining kurultoyida maktabni kayta kurish masalalari muxokama kilindi, unda 
kommunistlarning oz sonli guruxi «Kurltoyga kommunistik uzak raxbarlik kilishi 
lozim» deb katiy turib oldi. Uz navbatida musulmon delegatlar guruxi kurultoyni 
vakolatsiz deb xisblash taklifini kiritdi, chunki Turkiston Resublikasidagi aksariyat 
kupchilikni tub yerli axoli tashkil etardi, lekin kurultoyda ularning oz sonli delegatlari 
vakil bulib katnashayotgan edi. 
Shu munosabat bilan tub yerli millatlar ukituvchilarnin vakillari kurultoyni 
tashlab chikib ketdilar. Ularga ovropalik ukituvchilarning bir kismi kushildi, bu 
ukituvchilar uchun bolsheviklarning maktabga xukmronlik kilish kskl makbul emasdi. 
1918 yilning urtalaridan boshlab yangi tipdagi maktablarning taz, asorsan 
mikdor ixatidan usishi kuzga tashlanadi. Turkiston jamiyati axolisining badavlat 
katlamlaridagi juda kup mikdordagi mablagning tortib olinganligi ulka iktisodiyotini 
kambagallashtirib kuydi, ayni bir vaktda sovet xokimyatini zarur mablaglar bilan 
ta’minlandi, buning natijasida maktab kurilishiga raxbarlik kiluvchi Maorif xalk 
komisarligi 1918 yilda ma’lum darajada kreditga ega buldi. 
Bolsheviklar ijtimoiy, sinfiy mazmuniga kura yagona maktabni tashkil etar 
ekanlar, milliy shaklning zarurligini e’tirof etdilar, shu boisdan Turk respublika milliy 
asosda-ukrain, arman,yaxudiy maktablari va tabiiyki, «Turkistonda milliy turk omasi 
ustivor bulganligi» uchun xammadan kuprok va birinchi navatda uzbek maktablari 
tashkil kilindi. 


1918 yil martida kolesovchilikning tajavvuzkorligi okibatida ma’rifatchilik 
jarayonida ilgor madaniy kuchlarga jiddiy talofat yetkazildi. Jadid deb e’lon kilingan 
3 mingga yakin ilgor ziyolilar shular katori M. Bexbudiy xam katl etildi. Xorazmda 
kiktisodiy axvolning ogirlashuvi, ocharchilik madaniyat va maorifning axvoliga salbiy 
ta’sir kildi. SHu bilan birga, xalk ommasining ma’rifatga axlokiy kamolatga intilishi 
davom etdi. An’anaviy maktablar maraalar, madaniy-ma’rifiy vakflar faoliyati, 
ukimishli-ziyolilar ijodkorlarning jamiyatdagi faxrli mavkei saklanib koldi. 
Uzbek sovet maktabini tashkil etish jarayoni 1918 yil may oyida, xalk 
komissarlari kengashining xamma uchun kulay yagona maktabn tashkil etish xakidagi 
karoridan keyin boshlandi. Bunda eski usul maktablarga tegilmadi, yangi usul 
maktablari (jadid maktablari0 xalk ta’limi bulimlari ixtiyoriga utdi. 1918 yilda 
ukituvchilarning uzlari dasturlar va ukuv rejalarini tuzib chikdilar. Dasturga uzbek va 
rus tillari, arifmetika, geografiya, tabiatshunoslik, mexnat, ashula gimnatika fanlari 
kiritilgan edi. SHuning uchun xam yangi maktablar tashkil etish fakat davlat 
idoralainigina emas, balki jamoat vakillarining xam faol ishtirokini takoza kilardi. 
Masalan: Toshkentning Beshyogoch kismida 1917 yilning dekabridayok Bashorat 
Jalilova tashkil etgan xotin-kizlar ta’lim olishardi. Koratosh maxallasida bir necha 
maxalla faol kadrlarining tashabbusi bilan Sa’diy nomidagi maktab tashkil etildi. 
Dastlabki uzbek sovet maktablari mablaglaridan kisib kuyilgan bulib, ularga 
ukuv vositalari va kullanmalar yetishmasdi. Moddiy axvolning ogirligiga kup 
jixatdan ma’murlarning yerli axvolining bilimli buishiga nisbatan mustamlakachilik 
munosabatda bulishi ta’sir kildi, bu esa 1918-1920 yillar davrida rus tilidagi ukuv 
yurtlari va tub yerli axoli bolalari uchun muljallangan makablarni kupincha xalk 
ta’limi uchun ajratilgan mablagni deputatlar kengashlari boshka maksadlar uchun 
ishlatishardi. 
Maorif xalk komisarlari uchun kadrlar masalasi maktab kurilishidagi bosh 
muommo edi. Yangi tuzum pedagoglarni tayyorlash, ayniksa, birinchi navbatda 
maxalliy maktablar ukituvchilarni tayyorlash uchun xar tomolama chora-tadbirlar
belgilandi. Binobarin, ukituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizga kiska 
muddatli kurslar orkali yulga kuyildi. 1918 yilning yozida Samarkandda «musulmon 
ukituvchilari uchun pedagogik kurslar2 ochildi. Usha yilning kuzida Toshkentda-
Toshkent uezining tub yerli axolisi uchun maktab ukituvchilari kursa ochildi. 
1918 yil 9 aprelda Munavvar kori uyida tuplangan jadidlar Turkiston Xalk 
dorilfununining musulmon bulimini tashkil etish maksadida 9 kishidan iborat tashkilot 
komissiyasini tuzdi. Ular 22 kun ichida musulmon bulimi dasturlarini tuzdilar. 
Dorilfununning musulmon bulimi xam urus bulimi kabi uch boskichdan iborat bulishi 
belgilandi. Yukori boskich-dorilmuallimin (ukituvchilar kursi, keyinrok oliy ukuv 
yurti): urta boskichi- boshlangich maktablarni uz ichiga olar edi. Xalk dorilfunini 
tarkibining bu shaklda bulishi sharoitning uzidan kelib chikkan xolda zamonaviy 
bilim va savodsizlikka extiyojdan tugilgandi. 
Usha yilning 3 mayida dorilfununning Musulmon bulimi raxbariyatiga saylov 
bulib, unda Munavvar kori rais (rektor), iso tuxtaboev birinchi muovin, Burxon Bakir 
sarkotib bulib saylandi. 13 may kuni Toshkentning eski shaxar kismida Vikula 
Morozovning sobik dukoni binosi (xozirgi uzbek yosh tomoshabinlar teatr)da 
musulmon axoli uchun «xalk dorilfununi» ochiladi. Bu bulim tez orada uziga xos 
yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlangich maktab ochish muljallangan 


bulsa-da axoli extiyojiga kura, ularning soni 24 taga yetdi. Dorilfununning musulmon 
bulimi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan 
boshkariladi. Undagi muallimlar soni 18 nafarga yetdi. 
1918 yil 2 iyun kuni sobik seminariya binosida dorilfununning uzbeklar uchun 
maxsus ukituvchilar tayyorlovchi bulimi-«Dorilmuallimini»ochildi. Unda Fitrat ona 
tilidan: Kamol SHams arfmetika va geometriyadan, Xaydar SHavkiy gigena, 
gimnastika va nemis tilidan, Raximboev arifmetikadan, Abduraxmon Ismoilzoda 
san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iktisoddan, Munavvar kori ona tilidan 
dars berishadi. Bu bulimning ochili marosimida Munavvar kori nutk suzlab, inson 
manfaatli bulib, kuzi ochilmaguncha vijdoni uygonmasligini , vijdon uygonmasa na 
uzini, na xalkni erkin muxofaza kila olmasligini , bu imonsizlik ekanini 
mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi. 
Munavvar Kori ovropacha usulda bunday xalk dorilfununini tashkil etish bilan 
bir katorda, mavjud madrasalarni islox kilish va ularda asosan dunyoviy fanlar 
ukitilib, milliy ziyolilar tayyorlash goyasini xam ilgari suradi. Bu karashlarini – u 
1923 yil iyunda Toshkentda bulib utgan xalk maorifi mudirlari kurultoyidagi 
ma’ruzalarda bayon etgan. 1923 yilda bu yangi usulda 30 dan ortik madrasa va eski 
maktablarda talabalar ukitilganligi ma’lum. 
Munavvar Kori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning 
eski shaxar bulimi muboshiri bulib ishladi, usha yili 23-25 martda bulib utgan 2- 
umumturkiston maorif xodimlari kurultoyida ishtirok etib, maktab bulimiga a’zolikka 
saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli 
maktablarda uzbek tili va adabiyotidan dars berdi. Dustlari va shogirdlari Kayum 
Ramozon va SHorasul Zunnun bilan xamkorlikda uch bulimdan iborat «Uzbekcha til
saboklari» kitobini (1025 yil) nashr ettirdi. 
Xorazm va Buxoro respublikalari sharoitida (1920-1924 yillar) milliy 
madaniyat va maorifni rivojlantirish, ularni zamonaviy tsivilizatsiya shakllari xamda 
mazmuni bilan boyitib borish bilan yangi xokimiyat shu’balari shugulandi. Keng 
kulamda milliy ziyolilarni amaliy faoliyatga jalb kilish imkoniyatlari kuzga tashlanadi 
Maorif, madaniyat soxalarida xukumat reja-dasturlarini ishlab chikish, ularni xayotga 
tadbik etish buyicha dastlabki kadamlar tashlandi. Ammo bu respublikalarda xam 
madaniyat, e’tikod, milliy kadriyatlarga bolshevekcha sul-ekstremistik tayzik 
utkazishga jiddiy urinishlar buldi. 
Turkistonda buxoro, Xorazm respublikalarida 20- yillarning birinchi yarmida 
bir butun madaniy-ma’rifiy kutarilishi maydoni vujudga keldi. SHu asnoda xalk 
ommasi, milliy ziyolilar ishtirokidagi ma’naviy-madaniy jarayon, fikrlar, tajriba 
almashinuvi odatga aylanib bordi. Bolshevikcha asl milliy, umuminsoniy progressiv 
ma’rifatchilikka dushmanlik bosimlariga karamasdan 1917-1924 yillari Uzbekistonni 
ng xozirgi xududida madaniy-ma’rifiy turmush vujudga keldi, xalk ma’naviyatida uz 
aksini topdi. 
Jiddiy tusiklarga karamasdan 1917-1924 yillarda Uzbekiston ijod axli, ziyolilari 
kat’iy, chukukr mazmunli falokat kursatdilar. Xorazmda Bekjon Raxmonov, boshka 
fidoiy ziyolilar samarali madaniy faoliyat kursatdilar. B. Raxmonov «madarasalar 
isloxati»ni kat’iy sul inkilobiy tezlik bilan utkazishni inkor kildi. Maktablar, boshka 
ukuv –yurtlarini ochishiga bosh buldi, darsliklar yozdi. Fitrat ijodiy faoliyatini 
samarali davom ettirish bilan birga Buxoro respublikasi faoliyatini samarali davom 


ettirish bilan birga Buxoro respublikasi maorif noziri lavozimida samarali ishladi, 
ma’rifiy- madaniy tadbirlar utkazish, ukuv maskanlarini tashkil kilish, ukituvchilar , 
ukuvchilar, ijod axli raxnamolik kilishda katnashdi. 
Xorazm va Buxoro respublikalarida ziyolilar jadidlik an’analarini davom 
ettirib, ma’rifiy-madaniy jabxalarda astoydil faoliyat kursatdilar. Milliy ziyolilar, 
islom dini ruxoniylarining bir kator yigin va anjumanlari utkazili. Xalk ommasi yangi 
sharoitlarda milliy kadriyatlarni saklab kolish bilan birga, ularga tayanib yangi shakl 
va mazmunlarni egallashga intildi. 
Xalk ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abdulkodir SHukuriy, Ismatulla 
Raxmatullaev, Isokxon Ibrat, O.Dadaxujaev va boshkalar katta pedagogik ish olib 
bordilar. Maktablar soni usdi . 1918 yil boshshida 330 taga ,1920 yilda esa Fargona, 
sirdaryo, Samarkand viloyatlarida xam tashkil etilib ular soni 1405 taga yetdi. Tashkil 
bulgan maktablar, ayniksa, kishlok joylarida va tumanlarda asosan 1-2- boshlangich 
sinflardan iborat edi. Keyinchalik yukori sinflar paydo bula boshladi. Bunday targibot 
natijasida Toshkentda, Andijonda, Kukonda va boshka joylarda kizlar maktablari
xam 
birin-ketin 
ochildi. 
Ayol 
muallimlar 
Solixaxon 
Muxammadjonova, 
Muxarramxon Kodirova, Gulsum Kopaeva, Fotima Burnasheva, Zebtniso Razzokova, 
Zaynab Sadriddinova, Mariyam SHaripova va boshkalar dars-tarbiya ishlarini olib 
borganlar. 
Keng doiradagi bilimdon ziyolilar kator maktablar faoliyatini namunali 
darajaga kutardilar. 20 – yillar boshida Samarkandda Abdulkodir SHukuriy (1875-
1943) mudirlik kilgan maktab, 1922 yilda Fargona shaxrida Xusanxon Niyoziy 
boshchiligida ochilgan ikkinchi boskich maktab, kator boshka maktablar shular 
jumlasidan edi. 
Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, ukish kitoblarini ziyolilarimiz asr 
boshidan yozib, chikarib keldilar. 1917 yildan maktablarning sonining usishi 
darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1917 
yildan «Turkiy guliston yoxud milliy she’rlar» kitoblarini yaratdi va chop etdi. 1920 
yildan Toshkentdagi ulka bilim yurtida, sungra uzbek xotin-kizlar bilim yurtida 
mudirlik kildi. 
Fitrat 1917 yilda «Ukuv» kitobini , 1919 yilda SH.Raximiy va K. Ramozon 
bilan birga «Ona tili» darsligini , sungra «Imlo masalalari» kitobini yaratdi. 1917 
yillardayok Said Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi yil» ukishini dasturini 
ishlab chikdi. SHokirjon Raximiy 1919 yilda birinchi alifbo «Sovgv», 1022 yilda 
«Uzbek alifbosi» darsliklarini, boshka ukuv kullanmalarini chikardi. 1918 yildan u 
Toshkentda maktab mudiri bulgan. 
Zamonaviy milliy maktab tashkil etishga intilgan turkiston jadidlari dunyoviy 
bilim olish goyasini ximoya kildilar. Ular 1917 yil oktyabr tuntarilishi arafasida xam 
sof konfessionl maktablarga karshi kurash olib bogan edilar. Lekin ularni nixoyatda 
siyosiy mafkuraviy yunalishi xam koniktirmas edi. Masalan, sovet maktablarida 
ukuvchilarning ashula darslarida eski uzbek kushiklarining urganishlari va 
eshitishlari takiklangan bulib, bolsheviklarning fikricha, bu kushiklar « tor milliy 
kushiklar» xisoblanardi. Uzbek sovet maktablarining nochor axvoliga tushib kolishi, 
1920 yilda jadidlarni milliy uzbek maktabini tashkil etish dasturini taklif kilishga 
undadi. 1920 yil may oyida bulgan xalk ta’limi bulimlari mudirlarining 1-kuriloyida 


Munavvar Kori Maorif xalk komissarligining usha vaktda tugatilgan turk shu’basi 
nomidan ma’ruza kildi. 
Munavvar Korining fikricha, vakflardan tushadigan daromadlardan foydalanib, 
xukumatning tegishli yordam kursatishi bilan minglab eski usul maktablari va 
madrasalarini (ularning dasturlarini uzgartirish va boshka chora-tadbirlar bilan) diniy 
ukuv yurtlaridan «madaniy-okartuv manbalariga aylantirish» mumkin edi. Birok bir 
partiyali kommunistik diktatura sharoitida jadidlarning milliy maktab xakidagi goyast 
amalga oshishi mumkin emasdi. Eski musulmon konfessional maktabini tugatish 
zarurligini anglab yetgan xokimiyat fakat birgina tipdagi sovet maktabini tashkil etishi 
muljallangan edi. Eski maktab esa boshka tipdagi maktablardan farkli ularok 
vaktincha daxlsizligini saklab kolgan edi. 
1917-1920 yillardagi kiska davrga shu jumladan, xalk ta’limi soxasida ruy 
bergan uzgarishlarga 1920 yilda yakun yasaldi. Sovet maktablarining tez usishi 
Turkiston maktab tizimini boshi berk kuchaga olib kirdi. Jiddiy moddiy ta’minotning 
yukligi va kadrlar bilan ta’min etilmaganlik kupgina «kogozdagi maktablar»ning 
mavjudligini shart kilib kuydi. Natijada maktab yoshidagi bolalarning 70 %dan kupi 
maktabga jalb kilinmadi. Masalan: xatto Toshkentda, uning eski shaxar kismida 
maktab yoshidagi 40 ming boladan fakat 10 ming nafarga yakini, ya’ni 25 % i ukirdi, 
xolos. Xokimiyat tepasida bolsheviklar turgan kiska davrda yevropacha tipdagi –rus, 
rus-tubjoy maktablariga yangi usul (jadid) maktablariga putur yetdi. Birok 
bolsheviklarning yangi «yapon mexnat maktabi» kup jixatdan putur yetkazilgan 
maktablarga nisbatan yetarli darajada bilim beraolmasedi. 1920 yilning oxiriga kelib 
ukuvchi yoshlarning bilim saviyasi nixoyatda pasayib ketdi. Umuman bilim olish 1 
boskich (dastlabki uch sinf) boshlangich maktabi darajasida buldi. Tashkil kilingan II 
boskich maktablari (4-7 sinflar) ukuvchilarr yukligini sabab kilib tarkatib yuborildi. 
Turk MIK yangi ijtimoiy tuzumining kelajagi yosh avlodning umumta’lim 
saviyasiga boglik ekanligini tushunib, 1920 yilning noyabrida maktab tizimi axvolini 
yaxshilash maksadida karor kabul kildi. Unda maoriya xalk komissarligi zimmasiga 
«savod urganish ishini birinchi uringa kuyish» va maktab ukuvchilarining ta’minoti 
xamda ovkatlanishni yaxshilash uchun chora va tadbirlar belgilash vazifasi yuklandi. 
XXMK «imkon boricha» maktab ukuvchilari uchun ukuv kullanmalari va birinchi 
galda zarur buladigan ashyolar ishlab chikarishni kupaytirish lozim edi. Xalk 
Komissarlari Kengashiga ukuv yurtlarini binolar bilan ta’minlash buyicha 
sarflanadigan pul belgilari fondini kupaytirish» buyurildi. Lekin bu choralarning 
xammasi boshka davrda- yangi iktisodiy siyosiy davrida natijalar berishi mumkin edi. 
Xujalikning parokandaligi, sun’iy tusiklar okibatida 20- yillar boshida maktablar 
soni kiskardi, darsliklar yozish, nashr kilish tuxtadi. 1922 yilga kelib Turkistonda 
bolalarning 25 foizi maktablargan jalb kilingan edi. Buxoro resublikasida 1921 yil 
175 ta yangi maktab, 11 ming ukuvchi bor edi. Lekin 1924 yil urtalariga kelib
maktablar 69, ukuvchilar 3563 tani tashkil kildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim va 
internatlarda 2600 bola ta’lim-ta’rbiya oldi. Uzbekiston respublikasi tashkil bulganda 
turli boskichdagi 1500 ta maktab bulib, ularda 116 ming ukuvchi ukir edi. 



Yüklə 499,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin