Turkistondagi oliy ukuv yurtlari xalk xujaligining turli soxalari uchun
mutaxassislar tayyorlash bilan bir katorda xalk maorfi maktablari uchun xam malakali
pedagoglar tayyorlashga jalb kilingan edi. SHu maksadda Urta Osiyo Davlat
universiteti koshida maxsus pedagogika fakulteti ochildi. Lekin bu fakultet bir yil
ishlar-ishlamas yopib kuyildi va Nizomty nomi Toshkent davlat pedagogika instituti
tashkil etilgunga kadar, respublika ukituvchi kadrlar tayyorlash mushkul
muommolardan biri bulib kolaverdi. Yana eng muxim muommolardan biri shu ediki,
oliy va maxsus ukuv yurtlariga kabul kilingan yoshlarning aksariyati rusiyzabon
talabalar edi. Masalan: 1923-24 ukuv yillarida Urta Osiyo Davlat universitetiga
ukishga kirgan 2047 talabadan fakat 51 nafarigina maxalliy millat yoshlaridan edi,
xolos.
1924-25 ukuv yilida bu unievrsitetda 2440 talaba va ishchilar fakultetida 889
yoshlar ta’lim oldi.
Sovet davri tarixiy adabiyotlarida Uzbekistonda guyo maxalliy millat
vakillaridan ziyolilar bulmaganligidan, fan, maorif, madaniyat asosan rus millatiga
mansub ziyolilar xisobiga rivojlanganligi tugrisidagi turli akidalar yozildi. Birok,
xakkoniy tadkikotchilar shundan dalolat beradiki, 1921-1924 yillarda XIX asrning
oxirlari-Xx-asr boshlarida paydo bulgan jadidchilikning buyuk ma’rifatchilik xarakati
ta’sirida shakllangan yuzlab, minglab turkistonliklar maxalliy millat vakillari
ma’naviyat va maorif jabxalarida faoliyat kursatganlar. Ana shu millatparvar ziyolilar
sovet tuzumining dastlabki yillarida bolsheviklar zulmiga karamasdan millati
ma’rifatli kilishga xarakat kildilar.
Masalan: Toshkentning Xadra mavzesida joylashgan Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya
texnikumida faoliyat kursatgan Munavvar Kori, SHorasul Zunnun, Kayum Ramozon,
SHoxid Eson, Mannon Ramz, Ziyo Said, Usmonxuja, Murojxuja, Salimxon,
Maxmudxuja. Karimjon kabi ma’rifatparvar ziyolilar millatning savodini chikarish,
ularni milliy uygotish borasida jiddiy ishlar olib bordilar.
1924 yili Kukon bilim yurtini 13 ta yigit- kizlar bitirib chikdi. Unda
keyinchalik Uzbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Kori Niyoziy dars
berdi. Bitirganlardan akkdemiklar yirik fan madaniyat arboblari yetishib chikdi. CHet
mamlakatlar bilan madaniy alokalar, yoshlarning ukib kelishlari Xx asr boshlarida
kengayib bordi va keyinchalik xam davom etdi. Buxoro Respublikasi xukumati
taщabbus kursatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922 yilda Turkiston, Buxoro,
Xorazmdan 70 ga yakin yoshlar Germaniyaga ukishga junatildi. Buxoro respublikasi
xukumati Berlinda yotokxona uchun bino sotib oldi, ukuvchilarni moddiy ta’minlab
turdi, ularning axvoli ukishlaridan ogox buldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli ukuv
yurtlarida muoffakiyat bilan ukidilar, mutaxassislar bulib yetishdilar. Afsuski, uz ona
yurtiga kaytgan yigit kizlarimiz mustabidlik katagoniga uchradi.
Dostları ilə paylaş: