Ma’ruza Mavzu : O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar


Turkistonda milliy davlat chegaralanishi utkazilgandan sung xalk ta’limi va



Yüklə 499,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.01.2023
ölçüsü499,85 Kb.
#78564
1   2   3   4
1-Maruza nazariy

1. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi utkazilgandan sung xalk ta’limi va 
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari. 
 
Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida 
mintaka kartasi kaytadan tuzildi. SHuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda 
murakkab, siyosiy va ijtimoiy-iktisodiy jarayonlar respublikaning milliy 
madaniyatiga xar xil tarzda ta’sir utkazdi, barcha soxadagi uzgarishlarni karama-
karshi tusga kiritdi va respublika tarakkiyotining asosiy tendentsiyalarini xamda 
yunalishlarini uzok yillarga belgilab berdi. 


1924-25 ukuv yilida Respublika byujetining 24 % xalk maorifi uchun ajratildi. 
Bu maktab kurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I-I1 boskichdagi umumta’lim 
maktablarining soni 1928-29 ukuv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi. 
Shu bilan bir vaktda katta yoshli axoli urtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan 
keng mikyosda kompaniya avj oldirildi. 1921-22 ukuv yilidayok resublikaning 
kupgina shaxarlari va kishlok joylarida mingdan ortik savod maktablari, savodsizlikni 
tugatish kurslari va tarmoklari faoliyat kursatdi. Ulardan 50 ming kishi xat savod 
chikardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki yillarida katta 
kiyinchiliklarga duch keldi: ukituvchilar, maktab binolari, asbob jixozlari, ukuv 
kullanmalari, pul mablaglari yetishmas edi. Birok bu soxa garchi kiynichilik bilan 
bulsada, izga tusha boshladi. Katta yoshli kishilarni ukitish va shakl va usullari 
takomillashtirildi. Savod maktablari tarmogi birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni 
tugatuvchi ukituvchilar soni kupaydi. Bu dastlabki yutuklar keyingi yilarda 
savodxonlik oshirish yuzasidan avj olgan umumxalk xarakatining debochasi buldi. 
Xamza 
Xakimzoda 
Niyoziy, 
T.SHermuxammedov, 
N.T.Koriniyoziy, 
E.Komilov, A.Nabixujaev, G.Nazarov, M. Kodirova, Z.Polvonova, P. Kayumov, K. 
Abdurashidov kabilar yangi maktab yaratish, rivojlantirish uchun faol kurashdilar. 
SHu yillarda markaziy raxbariyat sovet tuzumiga sodik bulgan pedagog kadrlarni kup 
mikdorda tezkorlik bilan tayyorlab, ular orkali axolini ayniksa, yosh avlodni 
kommunistik goyalar asosida tarbiyalash maksadida karorlar va rejalar ishlab chikdi. 
Ularni ogishmay amalga oshirish uchun zarur mablaglarni ayamadi., bor 
ma’rifatchilarni xamda partiya, sovet, jamoat tashkilotchilarining kuch-kuvvatini 
safarbar kildi. 
Maktablarning pedagogik kadrlarga bulgan extiyojlarini kondirish uchun 
pedagogika ukuv yurtlarining keng tarmogi yaratildi.: texnikumlar, maorif institutlari, 
ukuv yurtlari ochildi. Ularda jadal uratlar bilan ommaviy mikyosda yangi ukituvchi 
kadrlar yetishib tayyorlandi. 20- yillarning oxiriga kelib ularning soni respublikada 
deyarli besh yarim mingtaga yetib koldi. Xalk maorifi rivojlana bordi.
Shunday bulsada bu jarayonlar partiyaning madaniy soxasda zurovonlik 
kursatishi tufali mushkullliklarga uchradi. Xalk maorifi bu narsa avvaligi milliy 
ta’lim shakllari yoyiladigan soxalari cheklab kuyish, keyinchalik esa ularni butunlay 
yuk kilib yuborishdan aksini topdi. CHunonchi 20 yillarning boshlarida sovet maktabi 
ta’minlanib boriladigan vakf maktablari va madrasalari xam ishlab, ortik eski 
maktablar bulib, ulardan 97 ta vakf maktablari va 1, 5 mingdan ortik eski maktablar 
bulib, ulardan 250 tasi yashirin xolda ish olib borgan. Lekin sovet xokimiyatining 
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga keklib uz faoliyatini amalda 
tugatdilar. 
Xalk ma’rifatining yukslish yulida axolining savodsizligini oshirishga, 
savaodsizlikka barxam berish davr talabi edi. Bu maksad kuplab yangi savob 
maktablari va kurslar ochildi. Minglab axoli savodli buldi. SHuni aytish joizki, 1930 
yili umumiy boshlangich ta’limni joriy etish savodsizlikni kiskartirishga yordam 
berdi. 
30- yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limi amalga oshirishga 
kirishildi. Sovet davlatining statistik ma’lumotlarida kursatilishia 1925-1941 yillar 
davomida xalk ta’limi maktablari soni mutassil ortib borgan. Masalan: 1924-25 ukuv 
yilida Uzbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil kilinib, ularda 17209


ukuvchi ta’lim olgan bulsa, 1941 yilga kelib maktablar soni 5504 taga va ularning 
ukitilayotgan ukuvchilar soni esa 1 mil. 315 ming kishiga yetgan. 
Birok rakamlar ortidan kuvish va shoshma-shosharlik okibatida umumiy 
ta’limni joriy kilishda kupgina jiddiy xatolarga yul kuyildi. Jumladan, maktab 
yoshidagi bolalarning bir kismi ukishga tortilmay koldi. Ukishni tashlab ketayotgan
ukuvchilar soni (ayniksa maxalliy millat yoshlari orasida0 ortib bordi. Kupgina 
maktablar ukitish saviyasi mutlako talabga javob bermasdi. CHunki muallimlarning 
bilim darajasi yetarli emasdi.
Ayniksa ularning moddiy axvoli yomon edi. Maktablar son jixatidan mutassil 
ortib borayotgan bulsada, ularning ukuv moddiy bazasi nochor axvolda kolayotgan 
edi. 
Ma’lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida asosan sinflar kurish goyasi 
ustivorlik kilgan. Uzgacha fikrlashga bulgan xar kanda 
urinish «sinfiy dushman 
karshiligi» deb baxolanadi. Guyo, «sinfi dushman» ijtimoiy xayotning barcha 
jabxalarida, ta’limda, fanda adabiyot va san’atda, ishlab chiuarishda mavjud bulib, uni 
kidirib topish, birinchi shu’ba ostida olish tusiga kirib boradi. 
Ta’lim soxasini «Sinfiy dushmanlar tozalash maksadida xatto maxsus maxsus 
karorlar xam kabul kilindi. Masala, VKP (b)MK Urta Osiyo byurosi 1933 yil 27 
martda ukitvchi kadrlar safini tozalash xakida karor kabul kildi va uning dastlabki 
natijalari shu yilning 25 aprelida bulib utgan Urta Osiyo buyicha partiyaning madaniy 
soxasiga bagishlangan kengashida muxokama kilindi. Bu «tozalash» natijasida birgina 
Korakalpogiston buyicha mavjud 700 ukituvchidan fakat 120 tasi maktablarda 
ishlashga loyik deb topildi. 
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jixatdan ishonchli, axolining «mexnatkash» 
tabakalaridan chikkan kishilarni tanlab olish kerak, degan goya ilgari surildi.. CHunki, 
avvaldan yaxshi ma’lumki, akliy va mantiki mushoxada etish darajasi kancha past 
bulsa, savollar xam, noroziliklar xam shuncha kam buladi. SHuning uchun xam 
madaniyat 
xodimlarining 
tarkibini 
ijtimoiy 
jixatdan 
ishonchli 
bulgan 
«mexnatkashlar» xisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli va omilkor 
katlamni sikib chikarish maksad kilib kuydi. bU "madaniy inkilobning» asosiy 
tezislaridan biri bulib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyat»ni vujudga 
keltirishdan iborat edi. Bu goya sovet davlatining barcha un yilliklari davomida 
yashab keldi. 30- yillarda uni amalga oshirish borasida kuilgan dastlabki kadam 
madaniyatning barcha soxalari uchun kadrlar tayyorlash, yukorida aytganimizdek, 
"«exnatkashlar"» ya’ni, "«roletar katlamdan"» boshlanganligi xam bejiz emas edi. 
Usha yilari komsomol safiga ijtimoiy jixatdan fakat «mexnatkashlar» 
katlamidan kabul kilinganligini e’tiborga oladigan bulsak, nima uchun komsomallar 
safarbar kilinib, ularni kiska muddatli kurslarda ukitib maktablarga muallim sifatida 
yuborilganligini anglab yetamiz. Buning natijasida respublikada ukituvchilar soni 
1928-29 ukuv yilidagi 5.5 ming kishidan 1932-33 ukuv yilida kariyib ming kishiga 
1941 yili esa 42 ming kishiga yetgan. Bu rakamlar shundan dalolat beridiki, 1933 yil 
boshlarida xalk ta’limi tizimlarida utkazilgan « tozalash» okibatida ijtimoiy kelib 
chikishi nuktai nazaridan «ishonsiz» bulgan minglab bilimdon va tajribali mukllamlar 
xaydalib, ular urniga kiska muddatli kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy 
jixatdan «ishonchli» katlamlarni kushimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va 
madaniyatning boshka soxalarida ishlash uchun yuborildilar. 


1930-yilarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini 
malakasi va saviyasi past kishilar bilan tuldirishga, yuzakilik, omadsizlik, 
kogozbozlik kabi nomakul illatlarning ildiz otishiga olib keladi. Kishining kobiliyati, 
madaniy saviyasi va ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chikishi asosiy 
mezon kilib olindi.

Yüklə 499,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin