Mashinada qoliplash turlari.
Presslash va silkitish orqali zichlashtirish.
Qum otgich bilan zichlashtirish.
Mashinada qoliplash asosan, ko‘p miqdor (seriyali) va yalpi ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Oz miqdorda va donalab ishlab-chiqarishda tez almashtiriluvchi moslama uskunlaridan foydanilganda xam mashinada qoliplash usulini qo‘llash mumkin. 27-rasmda podshipnik qopkoqini qo‘lda va mashinada qoliplash jaryoni ko‘rsatilgan.
Mashinada qoliplash qo‘lda qoliplashga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
yuqori unumdorlik, quymalarning yuqori darajadagi aniqligi bilan tayyorlanishi, ishlov berish uchun
ozrok joy talab qilinishi, ko‘p mexnat talab qiladigan jarayonlarning mexanizatsiyalashganligi, opokalarning yaxshi markazlashtirilishi.
quymakorlik – qoliplarini mashinalarda tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi vazifalardan tashqil topadi.
Asosiy vazifalar:
qolip aralashmasini opokada zichlantirish;
moslamani qolipdan ajratish.
qumakchi va tashish bilan boqliq ishlar – opokani mashinaga o‘rnatish, moslama taxtachasini puflash (obduvka), qolip aralashmasini
opokaga tushirish, tashish, qolipni yiqish mashina mexanizmlari tarafidan bajariladi.
Asosiy va ko‘makchi jarayonlarning qisqa muddatlarda kechishi yuqori mexnat unumdorligini ta'minlaydi.
Zamonaviy quymakorlik sexlarida barcha ishlab-chiqarish jarayonlari insoning bevosita ishtiroksiz amalag oshiriladigan avtomat yoki avtomatlashtirilgan liniyalar kullanadi.
27-rasm. Podshipnik qopqoqini qo‘lda (a) va mashinada tayyorlash (b) sxemasi