Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi


Ohak - shlakli va ohak - kulli g‘ishtlar



Yüklə 170,32 Kb.
səhifə11/13
tarix05.05.2023
ölçüsü170,32 Kb.
#107957
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda

Ohak - shlakli va ohak - kulli g‘ishtlar
Ohak-shlakli g‘isht domna donador shlak bilan (massa bo‘yicha 88...97%) ohak aralashmasidan (3...12%) tayyorlanadi.
SHuningdek ohak-kulli g‘isht ham tarkiban 20...25% ohakdan va 75...80% kuldan iborat aralashmani suvda (namda 6...12%) qorishtirib, shakllantirib keyin esa avtoklavda ishlov berib tayyorlanadi. Kul sifatida esa toshko‘mir kuli, qo‘ng‘ir ko‘mir kuli kabi arzon xom-ashyolar qo‘shiladi. Bu kullar TES va GRES lar qozonxonasidan olinadi. CHunki har qanday kul tarkibida ham kamida 5% CaO miqdori bo‘ladi. Ayrim kullar tarkibida esa 20 % gacha CaO bo‘ladi. Bu esa tarkibga qabul qilingan ohakka qo‘shilib yanada aktivligi oshadi. Oqibatda hosil qilingan buyumlar zichligi va mustahkamligi hamda boshqa xossalar jihatida davlat standarti talabi darajasida bo‘ladi. Masalan zichligi 1400...1600 kg/m 3 gacha, mustahkamligi 2,5; 5,0; 7,5; 10,0 MPa markaga ega bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,5...0,55 Vt/(m. 0S) bo‘ladi.
Gips va gips-beton asosida tayyorlangan buyumlar
Gips buyumlar asosan gips hamirdan tayyorlanadi yoki gips hamiri tarkibiga mayin tuyilgan mineral va organik to‘ldirgichlar qo‘shib tayyorlanadi. Gips beton buyumlar esa gips qorishmasiga yoki angidritli, gips-sement-putssolanli bog‘lovchilar tarkibiga g‘ovakli to‘ldirgichlar-mineral (yoqilgi va domna shlaklari, chig‘anoqtosh va boshqalar) va organik moddalar (qipiq, maydalangan poxol, qamish, lux va boshqalar) qo‘shib tayyorlanadi .
Gips va gips-beton buyumlar o‘rtacha zichligi nisbatan kamligi hamda etarli darajadagi mustahkamligi, kam issiqlik o‘tkazuvchanlikka, yuqori tovush o‘tkazmaslikka ega bo‘lishi bilan sifatlanadi, hamda ularga mexanik ishlov berish oson va yaxshi bo‘yaladi.
Hozirgi paytda gips va gips-beton asosida tayyorlanadigan buyumlar sifatida gips-qatron listlar, to‘sinlar uchun plitalar va panellar, tovush izolyasiyasibop plitalar va boshqalar tayyorlanadi.
Gips-qatron listlar mineral yoki organik qo‘shilmalar qo‘shib (yoki ularsiz) qurilish gipsidan tayyorlanadigan va ikkala yuzasi qatron bilan elimlanadigan pardozbop buyumdan iborat.
Gips- qatron listlar eni 1,2 m; uzunligi 2,5...3,3 m va qalinligi 8...12 mm qilib tayyorlanadi. Listlar katta zichlikka, kichik issiqlik va tovush o‘tkazuvchanlikka ega, ular oson kesiladi, lekin egilishga yomon qarshilik ko‘rsatadi, hamda buziladi, shuning uchun listlarni namligi 2% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Gips-qatron listlar havo namligi 60% gacha bo‘lgan xonalarni ichki devorlarini, shiflarini bir tekis pardozlash uchun ishlatiladi. Turli xonalarni ichki qismlarini pardozlashda o‘ng yuza qismi marmar yoki yog‘och tusini berish maqsadida polivinilxlorid pardalar yoki maxsus gulqog‘ozlar orqali dekorativ qoplamali listlar chiqariladi .
Bu listlar qoplanadigan yuzaga gipso-elim, penogips va boshqa mastikalar yordamida mahkamlanadi.

Yüklə 170,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin