Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi


Aktiv mineral qo‘shimchali portlandsementlar



Yüklə 170,32 Kb.
səhifə7/13
tarix05.05.2023
ölçüsü170,32 Kb.
#107957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda

Aktiv mineral qo‘shimchali portlandsementlar. Gidravlik bog‘lovchi moddalarning bu guruxi portlandsement klinkeri va aktiv mineral ko‘shimchalarni birgalikda to‘yib yoky-ulardan har biri aloxida-aloxida maydalangan qo‘shimchalarni sinchiklab aralashtirib hosil qilinadi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibida asosan kalsiy moddalardan iborat. Qotish jarayonida portlandsement suvda eriydigan va shu sababli sement toshidan yuvilib chiqilishi mumkin bo‘lgan kalsiy gidrboksidini ajratib chiqarish tufayli tarkibida mineral qo‘shimcha bo‘lishi uning suvda turg‘unligini oshiradi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tabiiy, (diatomit, trepel, opoka, vulkanik kul, pemza, trasslar, tuf) va sun’iy (granullangan domna shakllari, kulrang ko‘mirlar; torflar, yonuvchi slanetslarning kuli, bush pishitilgan gillar gliejlar, keramika ishlab chiqaradigan chiqqindilar va boshqalar) qo‘shimchalarga bo‘linadi.
Mineral qo‘shimchali portlandsement. Portlandsement klinkeri, mineral qo‘shimchalar va gipsni birgalikda maydalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Qo‘shimchalar granullangan domna shaklari yoki cho‘kindilardan paydo bo‘lgan aktiv minerallardir. Lekin ularning mikdori sement massasida 20 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sement to‘yilayotganda unga plastiklashtiruvchi yoki gidrofoblovchi sirtqi-aktiv qo‘shimchalarni kupi bilan sement massasiga nisbatan 0,3 foiz mikdorida kiritishga ruxsat etiladi. Sementaing qotishi bir-oz sekin sodir bo‘ladi. Bu sementlar 400,500,550 va 600 markalarda ishlab chiqariladi. Bunday sementlardan portlandsement o‘rnida va sovuqqa chidamli betonli buyum va konstruksiyalarda ishlatiladi.
Putssolanli portlandsement deb sement klinkeri, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni birgalikda mayda to‘yib yoki alohida-alohida maydalangan bu materiallarni sinchiklab aralashtirib hosil qilinadigan gidravlik bog‘lovchi moddaga aytiladi.
Putssolanli portlandsement tarkibidagi aktiv mineral ko‘shimchalarning mikdori sement massasida qo‘yidagicha bo‘lishi kerak. Vulkanik hodisalar natijasida paydo bo‘lgan (pemza, ko‘l, tuf va trasslar) pishirilgan gillar, gliej yoki yoqilg‘i kuli qo‘shimchalardan kamida 25 % va ko‘pi bilan 40%, cho‘qindi tog jinslari qo‘shimchalaridan (diatomit, trepel, opoka) kamida 20%. va ko‘pi bilan 30 %
Putssolanli portlandsement 300,400 markalarda ishlab chiqariladi. Sementni rangi och ranli, yumshoq holatda zichligi 800..1000 kg/m3, zichligi 1200...1600 kg/m3, suv talabchanligi 30...38 %
Putssolinli portlandsement qotayotganida oddiy portlandsementga nisbatan kam issiqlik ajratadi. Bu hol katta massivlar, masalan konstruksiyalarning issiq-sovuqdan shakli o‘zgarishi juda xavfli bo‘lgan gidrotexnika inshootlarini betonlashda putssolanli sementdan keng foydalanishga imkon beradi. Lekin 10oS dan past haroratda uning qotishi juda kamayadi va xatto butunlay to‘xtab qoladi. Aksincha, yuqori haroratda putssolanli portlandsement oddiy portlansementga nisbatan jadal qotadi. SHu sababli bu sement asosidagy betondan tayyorlangan buyumlarni buglash kameralarida, avtoklavlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Sul’fatga chidamliligi yuqori bo‘lishi tufayli undan inshootlarning chuchuk va sul’fatli suvlar ta’sir qiladigan suv osti va er osti qismlarining beton va temir-beton konstruksiyalarida ishlatiladi.
SHlakoportlandsement deb; portlandsement klinkeri va granullangan domna shlakini bir oz gips qo‘shib birgaliqda maydalab hosil qilinadigan giravik boglovchi moddaga aytiladi. Gips qotish muddatini rostlash va shlak qotishini aktivlashtirish uchun kiritiladi. SHlakoportlandsement u dastlabki materiallarning tuzyni alohida-alohida maydalab aralashtirish yo‘li bilan ham tayyorlash mumkin SHlakoportlandsement tarkibidagi granullangan domna shlaki miqdori sement massasining kamida 21% va ko‘pi bilan 60% ni tashkil qilishi kerak.
SHlakoportlandsementning 300, 400, va 500 markalari chiqariladi u kukish rangga ega, sementning boshqa turlaridan shu bilan farqlanadiki, uning tarkibida juda kup mikdorda metall zarrachalari bo‘ladi, ular magnit yordamida aniqlanadi. U ning yumshoq holatidagi eki sochma holatidagi zichligi 1000...1300 kg/m3 zichligi esa 1400...1800kg/m3. Sement qorishmasining normal quyuqligi 26...30 %.
Qotayotgan shlakoportlandsement oddiy-portlandsementga nisbatan oz issiqlik chiqaradi. Lekin uning issiqqa suvga va sul’fatga chidamliligi yukrridir. SHlakoportlandsementning sovuqqa chidamliligi biroz pastroq. Ancha uzok, krtish muddatlarida mustahkamligi ortadi va 2-3 oydan keyin shu markadagi portlandsementning mustahkamligidan yuqori bo‘ladi.
SHlakoportlandsementning turlari tez qotadigan shlakoportlandsement odatdagi sementdan granullangan domna shlaki mikdori kam bo‘lishi (kupi bilan 50%) va ancha mayda to‘yilishi bilan farqlanadi. 400 markali tez qotadigan shlakoportlandsementning boshlang‘ich qotish davrida mustahkamligi jadal orta boradi. SHlakoportlandsementdan issiqlik sexlarini konstruksiyalarida va sulfat ishqoriga uchraydigan gidrotexnik inshootlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Navbatma-navbat muzlatuvchi va erituvchi yoki namlovchi va qurituvchi sharoitlarning muntazam ta’siri ostida bo‘ladigan konstruksiyalar uchun shlakoportlandsement tavsiya etilmaydi.
SHlakoportlandsement va putssolanli portlandsementlarning ko‘plab ishlab chiqarilishi va keng qo‘llanilishi portlandsementga nisbatan qator ijobiy xossalariga ega bo‘lishi bilangina emas, balki arzonligi bilan (taxminan 15-20%) tushuntirish mumkin.
Sul’fatga chidamli sementlar - jumlasiga sul’fatga chidamli portlandsementdan tashqari, tarkibi bo‘yicha yana mineral qo‘shimchali sul’fatga chidamli shlakoportlandsement kiradi.
Mineral qo‘shimchali sul’fatga chidamli portlandsement
normalangan mineral tarkibli portlandsement klinkerini, aktiv mineral qo‘shimchalar va gipsny maydalab hosil qilinadi. Sement tarkibida granullangan domna shlakidan sement massasini kamida 10...20% va cho‘qindidan hosil bo‘ladigan aktiv mineral qo‘shimchalardan (gliejdan tashqari) kamida 5..10 % bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Sul’fatga chidamli shlakoportlandsement normalangan mineralogik tarkibli portlandsement klinkeri normallangan ximiyaviy tarkibli shlak (sement massasidan kamida 21...60%) va gips mayda to‘yib olinadigan maxsulotdir. Bu ikki turdagi portlandsementlarning sovuqqa chidamliligi sul’fatga chidamli portlandsementga nisbatan yuqoridir, ishlatish soxasi esa bir xildir.
Maxsus sementlar.
Gidravlik bog‘lovchi moddalarning bu turiga portlandsement asosida tayyorlangan sementlardan ham xom ashyo turi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ximyaviy va mineralogik tarkibi, xossalari, shuningdek ishlatish-soxalari bilan keskin farqlanadi. Bu guruxga gil tuproqli, kengayadigan va kichraymaydigan sementlar, shuningdek gipso-sement putssolanli bog‘lovchilar kiradi.
Gil tuprokli sement- tez qotadigan gidravlik bog‘lovchi material bo‘lib, gil tuproqqa boy bo‘lgan xom-ashyo aralashmasini to kovushmaguncha yoki qotmaguncha pishirib, to‘yib tayyorlanadi, Gil tuproqli sementni tayyorlash uchun xom-ashyo materiallari sifatida ohaktosh yoki ohak va tarkibida gil tuproq Al2Oz miqdori ko‘p bo‘lgan jinslar, boksitlardan foydalaniladi. Gil tuproqli sement mineralogik tarkibida past asosli kalsiy alyuminatlarining bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ulardan asosiysi bir molekulali kalsyyli alyuminat SaO.Al2O3 hisoblanadi.
Gil tuprokli sement kulrang-yashil, jigar rang yoki rangli mayda kukun kuriniщiga ega. Uning yumshoq holatidagi zichligi 1000...1300kg/m , zichligi 1600... 1800kg/m3 normal quyukligi odatda 23... 28%. Tuyilish maydaligi portlandsementning tuyilish maydaligidan biroz yukori; gil tuproqli sement № 0,08 elakdan o‘tkazilganida olingan sementning kamida 90% (massa bo‘yicha) utishi kerak. Gil tuproqli sementning qota boshlash vaqti 30 minutdan keyin, oxiri uzog‘i bilan 1 soatdan keyin sodir bo‘ladi.
Gil tuproqli sement qotish jarayonida; biroz issiqlik ajralib chiqadi. Bu esa uning katta betondi konstruksiyalarda ishlatilishini cheklaydi. Lekin qish vaqtida qkrilish ishlarini bajarishda juda foydali hisoblanadi. Gil tuproqli sement 400…600 markalarda ishdab chiqariladi. Sement markasi normal sharoitlarda qotganda, 3 sutkalik namunalarda kublarni siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha belgilanadi. Sement dastlabki qotish muddatlarida mustahkamligining jadal ortib bo-
rishi bilan xarakterlanadi: 24 soatdan keyin u marka mustahkamligining 80…90 % gacha qotadi.
Gil tuproqli sement asosida tayyorlangan betonlar suv o‘tkazmaydi, chuchuk va sulfatli suvlar sharoitlariga turg‘un, shuningdek sovuqqa chidamli bo‘ladi. Ular namligi 15-20% bo‘lgan sharoitda yaxshi qotadi. Harorati 25°S dan yuqori ko‘tarilgan betonni mustahkamligi ancha kamayadi, shu sababli gil tuproqli sement asosida tayyorlangan betonni buglashga va sun’iy ravishda qizdirishning boshqa usullarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi. Gil tuprokli sementning narxi yuqori bo‘lganligi (u portlandsementdan 3...4 marta qimmat) uchun uning ishlatilishi cheklangan. Undan shoshilinch ta’mirlash va avariya ishlarida, qish sharoitlarida ishlarni bajarishda, nihoyat darajada minerallashgan suvlar ta’siriga uchraydigan beton va temir-beton inshootlarida, olovbardosh betonlar hosil qilish, shuningdek kengayadigan va kirishmaydigan sementlarni tayyorlashda foydalaniladi.

Yüklə 170,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin