Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Topshiriqlar: 
1. Google xizmatlarini ta’limda qo’llash? 
2. GoogleClassroom xizmatini tashkil qilish va foydalanish? 
2.20. SMART interaktiv ta’lim vositalari. 
Reja: 
1.
SMART interaktiv ta’lim. 
2.
SMART interaktiv ta’lim vositalari 
Tayanch tushunchalar: SMART, SMART o’qitish, SMART o’qitish ta’lim 
vositalari, SMART interaktiv ta’lim, SMART interaktiv ta’lim vositalari. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar: 
 
Zamonaviy inson muhitining ajralmas qismiga aylangan axborot 
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta'lim asta-sekin 
an’anaviyelektron ta'lim bilan oʻrin almashmoqda. Smart ta'lim kontseptsiyasi 
hozirda bir qator tushunchalar bilan bogʻliq boʻlib, ularning koʻpchiligida bir xil 
talqin qilinmaydi. 
Smart ta'lim mavzusidagi nashrlar bir necha yil oldin paydo boʻlgan va ular 
ta'lim rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini qayd etib, ta'lim tizimidagi keyingi 
oʻzgarishlar uchun futurologik prognozlarni yaratadi [1]. Smart ta'limning 
tashkiliy, texnologik va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud boʻlib, ular 
“alilli” ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Smart ta'lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) 
maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson 
moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib, 
unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim 
muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va 
umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning oʻziga xos xususiyati - 
yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari 
uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir [3]. 
Z. K. Bekturova, N. N. Vagapovalarning fikriga koʻra smart ta'lim muhitini 
yaratish uchun bir qator muhim faktorlar zaruriy hisoblanadi.


153 
Ular jumlasiga: yangi bilim va texnologiyalardan foydalangan holda 
innovatsion usullar orqali oʻrganish;
texnologiyalarning 
yaqinlashuvi, 
ta'lim 
sharoitlarini 
optimallashtirish; 
individual oʻquv maqsadlariga, mavjud bilim va koʻnikmalarga, ijtimoiy muhitga 
avtomatikmoslashish kabilar kiradi. 
Oʻquvchilar uchun smart-muhit har bir oʻquvchi uchun individual ta'lim 
muhiti, amaliy yoʻnalish, bilim, koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda 
mustaqillik – ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi 
barcha omillar; uzluksiz ta'limning smart, fanlararo, talabalarga yoʻnaltirilgan 
ta'lim tizimlari (maktab, oliy oʻquv yurti, korporativ oʻqitish); moslashtirilgan 
oʻquv dasturlari, portfolio; hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari; koʻp miqdordagi 
odatiy funktsiyalarni Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion 
rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot internetga istalgan joydan kirish 
kabi tushunchalar ham ta’lim tizimiga kirib keldi.
Bu tushunchalarning har biri ma’lumotlar tarkibini yangicha ishlab chiqish, 
etkazib berish 
va amaliyotga joriy qilish jarayonini qayta tuzishga imkon beradi [4].Elektron 
ta'limning (e-learning) toʻplangan tajribasisiz smart-ta'lim
kontseptsiyasini amalga oshirish ilojsiz. Smart-oʻqitish jarayoni zamirida 
axborot 
texnologiyalari, elektron va masofaviy ta’limning yutuqlari, yillar davomida 
orttirilgan qimmatli tajribalari yotadi. Smart-ta'lim texnologiyalarining asosiy 
vazifasi oʻquv jarayonida oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yangi samaradorlikka 
erishish uchun sharoit yaratishdir. Ta’lim texnologiyalarining bu turini qoʻllash 
kompleks yondashuvni talab qiladi. Smart-ta'lim kontseptsiyasining rivojlanishi 
dunyodagi yangi texnologik paradigma rivojlanishiga toʻgʻri keladi. 
Soʻnggi yillarda, xususan, davom etayotgan pandemiya sharoitida dunyo 
miqyosida elektron va smart-ta’lim texnologiyalaridan fydalanishga talab keskin 
ortdi. Deyarli barcha mamlakatlar ta’lim jarayonini asosan axborot texnologiyalari 
orqali amalga oshirishi natijasida, oxirgi 2 yillik muddat ichida Oʻzbekistonda ham 
bu texnologiya avvalgi yillarga qaraganda misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. 
Ta’lim oluvchilarning aksar qismini tashkil qiluvchi maktab oʻquvchilari ham 
elektron oʻqitish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ta’lim texnologiyasining 
mazkur turi 
dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy ishlay olish imkoniyati bilan 
boshqalaridan yaqqol ustunlik qilmoqda. Bunda oʻquvchi qayerda boʻlishidan 
qat’iy nazar, kompyuter va internet ta’minoti bilan ta’lim jarayonida ishtirok eta 
oladi.


154 
Oʻrganish nafaqat sinfda, balki boshqa har qanday joyda: saylgoh yoki kafe 
kabi jamoat joylarida ham mumkin boʻladi. Ta’lim jarayonini bogʻlaydigan asosiy 
element - bu faol ta'lim mazmuni, uning asosida vaqt va makon ramkalarini olib 
tashlash imkonini beradigan yagona bazalar yaratishdir. 
Demak, oʻqitishning yangi – smart texnologiyalari zamonaviy ta’lim tizimining 
ajralmas qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, 
zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalardan unumli 
foydalanish nafaqat maktab oʻquvchilari, talabalar, katta yoshli oʻrganuvchilar, 
balki kasbiy malaka oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni 
kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvaffaqiyatli muloqot qila 
oladilar, barcha talabalarni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin