Monoteizm (yunon) – yakka xudolik, faqat bitta xudoga sig’inuvchi,
birgina xudoni e’tirof etuvchi diniy e’tiqod.
Migratsiya (lotincha) – ko’chish, joyni o’zgartirish, aholini bir joydan
ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chirish.
Oykumena (yunon) – joylashtirish; yer sharining ba’zi qismlariga
odamlarning dastlabki joylashuvi. Ma’lum hududiy ijtimoiy xo’jalik
madaniy muhitining kompleks tushunchasi.
Relyef (lotin. relyefo- ko’taraman) - haykaltaroshlikning bir turi. Shakl,
tasvir fon (zamin) dan bo’rttirib yoki, aksincha, o’yib hosil qilinadi.
Relefning asosiy turlari: barelyef va gorelyef.
San’at – arabcha atama bo’lib, hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy
obrazli tarzda aks ettiruvchi ma’naviy madaniyatning tarkibiy g’ismi. U
tasviriy va amaliy san’at, musig’a, me’morchilik, teatr, kino, badiiy
adabiyotni o’z ichiga oladi.
Tabaqa – meros bo’lib o’tgan kasbi va jamiyatdagi alohida(ko’pincha
yuridik jihatdan mustahkamlangan) mavqei bilan bog’langan shaxslar
guruhini aks ettiradi.
Tasviriy san’at - san’at turi.
Rassomlik san’ati, grafika,
haykaltaroshlik va foto san’ati sohalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy
san’at real borliqni ko’rgazmali obrazlarda, mavjud narsalarni ularning
tabiiy shakli, o’rni va boshqalarni o’ziga o’xshatib, umumlashtirib va
tipiklashtirib ifodalaydi, predmetlarning hajmi,o’zaro qanday masofada
joylashgani va boshqalar to’g’risida tomoshabinda tasavvur hosil
qiladi.
Terrakota ( lot. terra – yer va cotta - qizdirilgan) – kulollikda
ishlatiladigan loy va shunday loydan tayyorlab olovda qizdirilgan
mahsulot, sopol. Ro’zg’orda (idish va buyumlar), haykaltaroshlik va
qurilishda (sopolak, parchin, arxitektura detallari) ishlatiladi. Terrakota
tayyorlash uchun, odatda, tarkibi va rangi bir hil tuproq tanlanadi.
Shakl berishda yog’och va gips qoliplar ishlatiladi. Koshinning ayrim
xillari ham terrakotadan tayyorlanadi.