67
sababdan uning tarixi va madaniyati antik mualliflar asarlarida kam
yoritilgan. Uning tarixi asosan arxeologik ma’lumotlar asosida
o’rganilgan. Bu yerda davlatchilik va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi
muammosi hanuz bahstalab bo’lib qolmoqda. Biroq bu jarayon ellinisik
davrda nihoyasiga etgan deb hisoblashga asos bor.
M.a. I asrda bu yerga ham rimliklar kirib kelgan. Boku yaqinidagi
Gobuston tog’idan topilgan m.a. I asrga oid XII legion senturioni
nomidan tuzilgan lotin yozuvi bunga guvohlik beradi. Keyinchalik
Kavkaz Albaniyasida hukmronlikni Arshakiylar sulolasi o’z qo’liga
oldi. Albaniya u yoki bu darajada Kavkazortidagi rim-parfiya
kurashlariga jalb etilgan.
M.a. I asrda Albaniyaning eng yirik shahar markazi va poytaxti
Kabala (maydoni 50 ga) edi. Bundan tashqari Shemaxa, Mingechaur,
Tazakent va mamlakatning shimoliy qismi, Dog’iston hududida ham
ko’plab antik davr shaharlari aniqlangan.
Albaniyada qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo taraqqiy
etgan. Aleksandr Makedonskiy draxmalariga taqlid qilib yaratilgan
mahalliy tangalar muomalada bo’lgan. San’atning haykaltaroshlik turi
keng tarqalgan. Kulolchilik namunalari antropomorf va zoomorf
shakllarda yaratilgan. Albaniya hayotida din muhim o’rin tutgan.
Straboning ma’lumotiga ko’ra, oliy xudolar uchligiga Selena, Gelios va
Zevs kirgan (Strabon mahalliy xudolarning yunoncha nomlarini
keltirgan). Bosh kohin podshodan keyingi o’rinda turgan.
Kavkazorti sivilizatsiyalari o’ziga xoslik bilan bir qatorda,
o’xshash jihatlarga ham ega. Bu esa ularning ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumidagi yaqinlik, tarixiy taqdirlarining tutashligi va uzoq vaqt
davomidagi aloqalar bilan izohlanadi.
Janub va shimolning doimiy bosimi ostida bo’lishiga qaramasdan
Kavkazorti xalqlari o’ziga xos sivilizatsiyalarni yaratish, saqlab qolish
va rivojlantirishga muvaffaq bo’lishdi. Qadimgi madaniy an’analar
bilan tashqi ta’sir uyg’unlashib ketgan bu sivilizatsiyalar jahon
madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi.
Dostları ilə paylaş: