71
Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi,
keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. M.a. 614 yilda
Midiya va Bobil qo’shinlari Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshurni,
612 yilda Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. M.a. 609-yilda ular
Xarran shahrida ossur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar.
Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda Fors,
Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani, Urartu,
skif davlatlari Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. M.a. 585-550
yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli
davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. M.a. 550-yilda
forslar Midiyaga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, uni bosib oladilar.
M.a. VII va VI asrning birinchi yarmida Midiya Eronning moddiy
va ma’naviy madaniyati markazi edi. Keyinchalik ularning yutuqlari
forslar tomonidan qabul qilib olindi. Midiya hududida aniqlangan
yodgorliklarni tadqiq qilish ularning ularning tarixiga oid boy
arxeologik ma’lumot berdi. Sakkiz shahridan topilgan xazina, Xasanlu
tepaligidan mustahkamlangan inshoot qoldiqlari, G’ilon viloyatidagi
Marlik qabristoni shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: