77
asosiy sholikor vodiylar aholisi rivojlangan mafkura zarur edi va
ikkinchidan, bu barcha xalqlarning diniy tasavvurlarining asosi yagona
bo’lgan – ajdodlarga sig’inish.
Ilk bosqichlarda dongshon sivilizatsiyasi Indoneziyaning Malakka
yarimoroli tomonga, shuningdek Qizil daryoning yuqori oqimi bo’ylab
tarqalgan. Keyinchalik shimoli-sharqqa, lakvyetlarga qardosh bo’lgan,
o’z davlatiga ega bo’lgan namvyetlar yerlariga tarqalgan.
Dongshon san’ati ta’sirida shakllangan eng qiziqarli maktablar
sirasiga malayya-yava maktablarini, tay-austroosiyo muhitida Dien
davlatini (hozirgi Yunnani), shuningdek namvyetlarni (Namvyet
davlati-Guansi va Guandun hududlari) kiritish mumkin.
Dienada “nog’oralar” o’zgartirilgan holda saqlanib qolgan, ularda
mahalliy obrazlar aks ettirilgan. Diena san’atida naqshlar uslubi
o’zgargan, bu yerda e’tiqod qilinadigan yo’lbars va ilon tasviri paydo
bo’lgan. Austroneziyaliklarda (malayalar, yavalilar va boshqalar) diniy
sahnadagi asosiy qism – laylak parvoziva patli dubulg’ali jangchilar
saqlanib qolgan. Shu bilan birga mahalliy muqaddas obrazlar paydo
bo’lgan. Namvyet maktabida insonlarning mahalliy obrazlari
yaratilmagan, yangi elementlar naqshli belgilardan iborat bo’lgan.
Namvyetliklarda “yomg’ir chaqiruvchi” qurbaqalarga sig’inish rivoj
topgan.
So’nggi dongshon davrida (m.a. II-I asrlar) mazkur san’at izlari
o’chib borgan, milodiy asr boshlaridan esa Qizil daryo vodiysi va
undan janubdagi vodiylarda diniy marosim buyumlarini ishlab
chiqarish ham to’xtagan. Ammo bu yerda ajdodlarga sig’inish
hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu Hindistondan buddizmning kirib
kelishi
va
lakvyetlarning
xanliklar
bilan
madaniy
assimilatsiyalashtirishga urinish bilan bog’liq edi. Milodiy I-II asrlarda
“nog’oralar” bilan bog’liq e’tiqod Xan ma’muriyati tomonidan ta’qib
qilingan.
Milodiy I asrdan lakvyetliklar orasida buddizmning tarqalishi va
asosiy dinga aylanishi dongshon diniy marosim amaliyotining yo’q
bo’lib ketishiga asosiy sabab bo’ldi. Ushbu amaliyot uzoqroq
vaqtgacha chekka tog’li hududlarda va Indoneziya orollarining bir
qismida saqlanib qoldi. Vyetlar e’tiqodida bronza nog’ora uzoq
vaqtgacha vyet imperatorlarinning ruhlari kabi vyetlar davlatini
asrovchi mo’’jizaviy kuchlar timsoli sifatida saqlanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: