Nazorat uchun savollar:
81
1.
Dongshon sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini sanab
bering.
2.
Buddizmning kirib kelishi va tarqalishi Janubi-Sharqiy Osiyo
sivilizatsiyalari taraqqyotida qanday o’rin tutdi.
3.
Janubi-Sharqiy Osiyo madaniyatining o’ziga xos jihatlariga misol
keltiring.
10-mavzu: Xitoy sivilizatsiyasi
Asosiyo savollar:
1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti
2. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yutuqlari
1-asosiy savol:
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi tarixi m.a. Xuanxe vodiysida
protoshaharlar paydo bo’lgan III-II ming yilliklarga borib taqaladi.
Uning yakuni esa Xan imperiyasining qulashi bilan belgilanadi.
Xitoyning tabiiy sharoiti ma’lum ma’noda qadimgi Xitoy
sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. M.a. I
ming
yillikning
ikkinchi
yarmiga
qadar
Xitoyning
boshqa
sivilizatsiyalardan uzilgan holda rivojlanganligi ham bu o’rinda muhim
rol o’ynadi.
Xuanxe daryosi havzasida mahalliy paleolit va mezolit
madaniyatlari asosida m.a. V ming yillikda Xunshan, naqshinkor
sopolli Yanshao neolit madaniyatlari shakllandi. III ming yillikda u
qora sopolli Lunshan madaniyati bilan o’rin almashdi. M.a. II ming
yillikda Xitoyda shahar-davlatlar tipiga kiruvchi ilk sinfiy tuzilmalar
paydo bo’ldi. Ilk shahar madaniyatlari Xenani, Shansi, Shensi, Shandun
va boshqa hududlarda topilgan. Ularning orasida Xenandagi Anyan
shahri rayonida topilgan “Buyuk shahar Shan” ajralib turgan. Shan (In)
shahar davlati anchagina yirik birlashmaning boshida turgan. Shan
hukmdori van deb atalgan. Ular harbiy vakolatlarga va oliy kohinlik
funktsiyalariga ega bo’lgan. Shanliklar doimiy urushlar olib borgan,
harbiy asirlar ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga
qurbonlik qilingan.
M.a. II-I ming yilliklar chegaralarida Shanga g’arbdan, Vey
daryosi havzasidan kelgan chjou qabilalari tomonidan bosib olingan.
Istilo oqibatida chjouliklar katta, ammo mustahkam bo’lmagan davlat
birlashmasi tuzganlar.
U an’anaviy ravishda G’arbiy Chjou deb
ataladi. Uning tepasida Chjou podsho urug’idan bo’lgan va
82
shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy hukmdorlar turgan.
Bu davrda podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van Osmon
O’g’li (Tyan-tszi) va uning yerdagi de sehrli kuchiga ega “Yagona”
timsoli deb e’lon qilingan. Van hokimiyatni Osmondan olgan va u
Tyansya – Osmon ostining hukmdori deb hisoblangan. G’arbiy Chjou
davlati despotik shaklga ega bo’lmagan, vanlar hokimiyati uning
huzuridagi amaldorlar kengashi bilan cheklangan.
M.a. IX asrdan G’arbiy Chjouda davlati ichki siyosiy inqirozlar
davri boshlandi. Chjou zodagonlari – chjuxou separatizmining o’sishi
bilan vanlarning harbiy qudrati susaygan. M.a. VIII asr boshlarida
shimoli-g’arbdan kirib kelgan ko’chmanchilar hujumining kuchayishi
sharoitida G’arbiy Chjou tashqi xavfga qarshi tura olmagan.
Chjouliklarning Vey daryosi havzasidagi yerlari tsyuanjunlar
tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda Chjou poytaxti sharqqa
(hozirgi Loyan hududi) ko’chirilgan. Endi manbalarda Sharqiy Chjou
deb atala boshlagan davlatning hududi keskin qisqargan. Xitoyda bir
qancha mustaqil podsholiklar paydo bo’ldi. Ular orasida Xuanxening
o’rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi madaniy an’analarining
yagonaligi bilan mashhur bo’lgan podsholiklar ajralib turgan. Bu
podsholiklar mamlakatning an’anaviy birligini ramzi sifatida Chjou
vanining Osmon O’g’li sifatidagi oliy hokimiyatini rasman tan
olardilar.
Bu
podsholiklar
hududida
xuasya
madaniy-genetik
mushtarakligining shakllanish jarayoni borar edi, natijada m.a. I ming
yillik
o’rtalarida o’rta podsholiklarning (chjungo) barqaror
etnomadaniy-siyosiy majmui tashkil topdi. Chjungojen (o’rta podsholik
odamlari) larning madaniy ustunligi g’oyasi qadimgi xitoyliklar o’z-
o’zini anglashining muhim komponentiga aylandi. Chjou an’anasiga
ko’ra Xitoyda mahalliy etnik asosda tashkil topgan va o’rta
podsholiklardan til va madaniyat jihatidan farq qiladigan, ammo hudud
va taraqqiyot jihatidan kam bo’lmagan boshqa davlatlar “varvarlar”
sifatida talqin qilingan. Chuntsyu (Bahorlar va kuzlar) davrida o’z
hukmini butun Osmon ostiga o’tkazgan “Besh gegemon” orasida
to’rttasi “varvar” podsholiklardan edi. M.a. V-III asrlarda, Chjango
(kurashayotgan podsholiklar) davrida eng kuchli yetti podsholikdar
uchtasi xuasya podsholiklari emas edi: Yan, Chu va Tsin.
O’rta podsholiklar qo’shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo’lgan,
bunda assimilyatsiya va o’zaro ta’sirning murakkab jarayoni ham
borgan.
83
Chuntsyu davridagi podsholiklarda yetakchi mavqe merosiy
aslzodalarga tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin markaziy
siyosiy-ma’muriy tizim joriy etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi
kuch erkin dehqon-jamoachilar edi. Jamolar orasida mulkiy tengsizlik
jarayoni kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo bo’ldi.
M.a. I ming yillik o’rtalarida Xitoyning siyosiy xaritasi
Chuntsyuning boshlanish davriga ko’ra o’zgarib ketdi. 200ga yaqin
davlat birlashmalaridan 30 dan ozi qoldi. Bu davr ishlab chiqaruvchi
kuchlarning o’sishi, temir eritishning o’zlashtirilishi, hunarmandchilik
va dehqonchilikning, sug’orish tizimlari barpo etishning rivojlanish
davri edi. Tsin podsholigi tomonidan IV asr oxiri- III asr boshlarida
yirik suv xo’jalik tadbirlarining o’tkazilishi bilan sug’orma
dehqonchilik uning ravnaqi garoviga aylandi.
Chjango davrida qariyb yarim million
aholiga savdo-
hunarmandchilik shaharlari paydo bo’ldi. Yerga jamoa mulkchiligi
tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik o’rtalaridan yerni sotish va olish huquqi
bilan yerga xususiy mulkchilik paydo bo’ldi. Davlat yer egalaridan yer
solig’ini olishni joriy qildi, boy hunarmand-savdogarlar tabaqasi
shakllandi.
M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror
holatga keltirish uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi.
Ana shunday islohotlardan biri m.a. 350 yilda Tsin podsholigida oliy
amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uezdlarga
bo’linadi, yer sotib olishga ruxsat beriladi, o’lchov birliklari
unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor
qilinadi. Ushbu islohotlardan so’ng Tsin qudratli davlatga aylandi.
Ichki ziddiyatlardan foydalangan Tsin vanlari butun Xitoyni
birlashtirdilar. M.a. 221 yilda Tsin so’nggi mustaqil podsholik-
Shandun orolidagi Tsi podsholigini bosib oldi. Tsin vani In Chjen
yangi “xuandi” - imperator unvonini oldi va tarixga Tsin Shixuandi –
“Tsinning birinchi imperatori” sifatida kirdi. Tsin poytaxti Syayan
imperiya poytaxtiga aylandi.
Tsin Shixuandi shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash
uchun misli ko’rilmagan qurilish: minglab kilometr uzunlikdagi Buyuk
Xitoy devorni bunyod qilishga kirishdi. Janubiy Koreya va Shimoliy
Vyetnamga borsqinchilik yurishlari uyushtirildi. Tsin Shixuandi yakka
hukmdor boshchiligidagi harbiy-ma’muriy imperiyani barpo etdi.
Tsinliklar unda imtiyozli o’rin egalladi. Qonun bilan teng huquqli erkin
fuqarolar uchun yagona bo’lgan “qora boshlar” nomi joriy etildi.
84
M.a. 210 yilda Tsin Shixuandi vafotidan so’ng boshlangan xalq
qo’zg’oloni Tsin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zg’alon boshliqlaridan
biri mayda amaldor Lyu Ban m.a 202 yilda «Xan imperatori»
unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda
eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Xan imperiyasi tarixi ikki
davrga bo’linadi: To’ng’ich Xan (m.a.202 yildan – milodiy 8 yilgacha)
va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi.
Imperator U-Di (m.a. 140-87 yy) boshqaruvi yillari Xan
imperiyasining
eng
gullab
-
yashanagan
davri
edi.
U-Di
markazlashtirish siyosatini olib boradi. Konfutsiylik davlatning
yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-Di faol istilochilik
siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va
Sichuanni, m.a. 108 yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini
bosib oladi.
U-Di shimolda ko’chmanchi xunnlar hududini bosib olishga
harakat qiladi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy O’rta Osiyo bilan
birinchi aloqalarni o’rnatadi. U-di m.a 139 yilda o’z elchisi Chjan
Tsyanni O’rta Osiyo («G’arbiy o’lka»)ga yuborgan, elchi o’n yildan
keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg’ona (Dovon), Baqtriya
(Dasya) va Parfiya (Ansi) to’g’risida bilimga ega bo’ladilar va bu
mamlakatlar bilan aloqa o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta
Osiyodan uzum, loviya, beda, anor va yong’oq daraxti, musiqa
asboblari, idish-tovoqlarni o’zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta
Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Imperator U–Dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida
«oltin davr» deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi.
Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi.
M.a. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og’irlashadi, yer va
boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi.
Milodiy asr boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23
yy) imperator hokimiyatiga ega bo’lib, yer egaligi va quldorlik
munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning
yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda
to’planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb
e’lon qilib, yerni sotishni ta’qiqlaydi. Qul savdosi ham ta’qiqlanadi,
ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy
hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. 18 yilda boshlangan “Qizil
qoshlilar” qo’zg’aloni tufayli Van Man halok bo’ldi.
85
Kichik Xan imperiyasi davridagi taraqqiyot zamirida chuqur
ziddiyatlar yashirin edi. Imperiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
inqiroz sharoitida 184 yilda Qadimgi Xitoy tarixidagi eng yirik
qo’zg’alon – “Sariq ro’molliklar” qo’zg’aloni boshlanib ketdi.
Qo’zg’alon bostirildi, ammo ichki ziddiyatlar tufayli zaiflashgan Xitoy
220 yilda uch mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |