Nazorat uchun savollar:
1. Sivilizatsiya so’zining kelib chiqishi qaysi tushunchalar bilan
bog’liq?
2. Sivilizatsiya insoniyat tarixida sifat chegarasini anglatuvchi so’z
sifatida qachon paydo bo’ldi?
3. Turli sivilizatsion nazariyalarning kuchli va zaif jihatlariga baho
bering.
4. Tarixiy jarayonga formatsion yondashuvning mohiyati nimadan
iborat?
5. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuvning ijobiy jihatlariga
baho bering.
2-mavzu. Dastlabki sivilizatsiyalarning shakllanishi
Asosiy savollar:
1. Dastlabki sivilizatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari.
2. Neolit sivilizatsiyasi
3. Dehqonchilik madaniyatining ilk markazlari.
1-savolning bayoni:
Dastlabki sivilizatsiyalar xususida so’z yuritishdan oldin, ularni
arxaik davrdan ajratib turuvchi belgilarga to’xtalib o’tish joiz.
A.Fergyusson sivilizatsiya sifatida insoniyat jamiyatining ijtimoiy
15
sinflar, shaharlar, yozuv va boshqa hodisalar xos bo’lgan bosqichi
sifatida ta’riflagan. L.Morgan va F.Engels sivilizatsiyaning muhim
belgilaridan biri sifatida yozuvni ko’rsatishgan. Ko’pchilik olimlar
sivilizatsiyani sinfiy jamiyat, siyosiy va ijtimoiy tabaqalashuv tizimi,
ma’muriyat va hududiy bo’linish, davlatchilik, shuningdek, mehnat
taqsimoti bilan bog’lashadi.
Ingliz olimi G.Chayld tomonidan sivilizatsiyaning quyidagi 10 ta
belgisi ilgai surilgan: shaharlar, mahobatli jamoatchilik binolari,
soliqlar yoki boj, intensiv iqtisodiyot, shu jumladan, savdo,
hunarmandlarning ajralib chiqishi, yozuv, ilm kurtaklari, san’atning
rivojlanishi, imtiyozli sinflar va davlat. Ushbu belgilarning ichida
mahobatli me’morchilik, shaharlar va yozuv jamiyatda kechgan
ijtimoiy va siyosiy jarayonlar bilan sabab-oqibat aloqalarning butun bir
tizimi orqali bog’liq bo’lib, dastlabki sivilizatsiyalarning madaniy
majmuasini
xarakterlaydi.
Sivilizatsiyaning
ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyatini esa sinfiy jamiyat va davlat tashkil etadi.
Ibtidoiy davr eng qadimgi ilk sivilizatsiyalarning paydo bo’lishiga
asos bo’ldi. Bu insoniyat rivojining odamning paydo bo’lishidan to
sinfiy jamiyatlar va davlatlar paydo bo’lgunga qadar davom etgan
bosqichidir.
Siz zamonaviy qiyofadagi insonlar shakllanishining murakkab
jarayoni - anropogonez haqida ma’lumotlarga egasiz. Yer yuzasida
insonlarning paydo bo’lish jarayoni uzoq davom etgan tarixiy jarayon
bo’lib, aql-idrokli odamning shakllanishi bilan nihoyasiga yetdi.
Avstrolopiteklar paleodemografiyasi bo’yicha tadqiqot olib
borgan amerikalik paleoantropolog A.Manning fikricha, insonlarning
dastlabki soni 10-20 ming atrofida bo’lgan. Yana bir amerikalik
demograf E.Divi Afrika hududida istiqomat qilgan quyi paleolit
insonlarining sonini taxminan 125 ming atrofida bo’lgan degan
xulosaga kelgan. Aql-idrokli inson paydo bo’lganda esa u taxminan 1
mln. kishidan iborat edi. Insonlar nafaqat son balki sifat jihatidan ham
o’zgarib bordi.
Xo’sh, dastlabki sivilizatsiyalar poydevoriga asos olgan aql-
idrokli odam qayerda shakllandi, uning vatani qayerda? Ibtidoiy
odamlarning dastlabki areallari Afrika va Osiyoning ekvatorial va
tropik mintaqalarida joylashgan edi. Bir million yil avval Afrika
arxantroplari shimolga tomon harakat qila boshladilar va Yevropa
hududlariga kirib bordilar. So’nggi paleolit ovchilari dastlab
o’zlashtirilgan yerlardan Shimoliy Yevropa va Osiyoning muzlikdan
16
bo’shagan keng yerlariga joylasha boshladilar. So’nggi paleolitda 140-
150 ming yil avval Sibir, Shimoliy Germaniya hududlari insonlar
tomonidan o’zlashtirildi. O’sha davrlarda tor bo’lgan Bering bo’g’ozi
orqali ular Alyaska va Amerikaga kirib bordilar. Eramizdan 10 yil oldin
Antarktidadan boshqa hamma materiklar u yoki bu darajada odamlar
tomonidan o’zlashtirilgan edi.
Polisentrizm nazariyasiga ko’ra zamonaviy odamning shakllanishi
bir necha markazlarda kechgan. Monotsentrik nazariya tarafdorlarining
fikriga ko’ra bu jarayonda bir areal (Janubiy-G’arbiy Osiyo, Shimoliy-
Sharqiy Afrika va Janubiy Yevropa) muhim rol o’ynagan. Dastlabki
oykumenaning kengayishi va idroklashuv jarayoni insonlar irqlarining
shakllanishiga zamin yaratdi. Yevropoid, negroid va mongoloid
irqlarining yuzaga kelishiga turli materiklarda turlicha bo’lgan atrof-
muhitga moslashuv va butun materiklar ulkan hududlarining
izolyatsiyasi kabi ikki omil muhim rol o’ynadi.
Primatlardan to zamonaviy odamgacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini
bosib o’tgan qadimgi insonning ma’naviy dunyosini tasavvur etish
nihoyatda qiyin. Ibtidoiy insonning tafakkuri daxldorlik prinsipiga
asoslangan edi. Aynan mana shu daxldorlik mantiqi totemizmni keltirib
chiqardi. Arxantroplar davrida sehrgarlik e’tiqodining kurtaklari ham
paydo bo’la boshlaganligi ehtimoldan xoli emas.
Aql-idrokli
odam
nafaqat
mehnat
qilish,
balki
ichki
kechinmalarini va hissiyotlarini turli usullar bilan aks ettirishni ham
bilgan. Paleolit davrida raqsning, keyinroq musiqa va qo’shiqning
paydo bo’lishi fikrimizga isbotdir. So’nggi paleolitda ibtidoiy tasviriy
san’at ham yuzaga keldi. Ijodiy fantaziyaning ilk kurtaklari
neandertallarga tegishli bo’lsa ham, o’z kechinma va hislarini aks
ettirish aynan aql-idrokli odamga xosdir. Ibtidoiy tasviriy san’at
namunalari Ispaniya (Altamir), Ural (Kapova), Fransiya (Lasko) va
boshqa ko’plab joylardan topilgan. Bu suratlar qadimgi odamlarning
ma’naviy intilishlari va ijodiy ilhomini aks ettiradi. Shu qatorda bu
davrda dumaloq haykaltaroshlik ham rivoj topdi. Ilk davrlarda bu
asosan ayollar haykallari edi. Paleolit “Venera” lari Rossiya, Slovakiya,
Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriyadan topilgan. Tabiat va
hayvonot olamining ulkan roli qadimgi insonlarning diniy e’tiqodlarida
aks etdi. Masalan, hayvonlarga topinish va totemizmda.
12 ming yil avval Yerdagi harorat ko’tarila boshlagan, bu esa
ayrim hududlarda muzlikning erishga, boshqa hududlarda kuchli
qurg’oqchilikka olib kelgan. Tabiatdagi bu o’zgsharishlar insoniyat
17
taraqqiyotiga o’zining ta’sirini o’tkazdi. Mezolit davri odami
sivilizatsiya darajasiga yetib bormadi, ammo u insoniyatni sivilizatsiya
ostonasiga olib kelgan ulkan to’ntarish yasadi. O’q-yoyning kashf
etilishi insoniyat tarixida yangi iqtisodiy tuzumni va tarixiy
o’zgarishlarni boshlab berdi. Inson nafaqat o’zining tabiatga muteligini
sezilarli kamaytirish, balki asosiy iste’mol mahsulotlarini takror ishlab
chiqarish imkonini qo’lga kiritdi. Yangi sharoitlarda yashab qolish
talabi mikrolitlar texnikasining takomillashuvini tezlashtirdi, murakkab
tarkibli qurollar paydo bo’ldi. Mezolit davrida baliqchilik yanada
rivojlangan, kemachilik asoslari yuzaga kelgan davrdir.
Mezolit davri odamlari ko’chmanchi ovchilar bo’lib, yegulik
manbai izlab bir joyda ko’p qolishmagan. Bu esa yangi yerlarning
o’zlashtirilishiga olib keldi. Mezolit odamlari makon tutgan daryo va
ko’l bo’ylari neolit davri o’troq manzilgohlari uchu asos bhldi.
Mezolit davrida yuzaga kelgan ibtidoiy ziroatchilik va
chorvachilik insoniyatning keyingi taqdirini belgilab berdi.Mezolit
davri o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqarish xo’jaligiga -
dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishiga zamin tayyorladi.
Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi buning uchun
qulay tabiiy sharoit bo’lgan hududda paydo bo’ldi. Dehqonchilik
mezolit davrida asta-sekin shakllanib bordi. Dastlab o’stirila
boshlangan donli ekin bu arpadir. U Kichik Osiyo, Falastin, Eron,
Janubiy Turkmaniston va Shimoliy Afrikaning tog’oldi hududlarida
o’sgan. Keyinroq boshqa boshoqli o’simliklar ham o’zlashtirilgan.
Yerdagi ilk dehqonlar m.a. X-IX ming yilliklarda Old Osiyoda
yashagan natufiyaliklar bo’lishgan. Quddusdan 30 km. shimoli-
g’arbidagi joylashgan Karmal tog’idagi Vadi-en-Natuf tog’ daryosining
bo’yida yashagan odamlar olimlar tomonidan shunday atalgan.
Tog’oldi hududlarida yashagan natufiyaliklar ovchilik va termachilik
bilan shug’ullanishgan va g’orlarda, ungirlarda yashashgan. Ular o’ziga
xos tosh qadamali suyak o’roqlar yordamida boshoqli o’simliklarni
yig’ishgan, tosh hovonchalarda bazalt kelidasta bilan tuyib, iste’mol
qilishgan.
O’q-yoyning kashf etilishi ov samaradorligini oshirgan va
qo’shimcha mahsulot olish imkoniyatini yaratib, chorvachilikka asos
yaratgan. Domestikatsiya jarayoni, ya’ni yovvoyi hayvonlarni qo’lgan
o’rgatish juda uzoq davom etdi. So’nggi paleolitdayoq itni qo’lga
o’rgata boshlagan odam so’nggi mezolitda echki, qo’y, yirik shohli
qoramolni qo’lga o’rgatishni boshladi.
18
Mezolit davrida insonlar tafakkuri yanada o’sdi, u o’zini o’rab
turgan dunyodan ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. Mezolit davrida
qoyatosh suratlarining mazmuni o’zgardi, ularda asosan ov yoki raqs
bilan mashg’ul odamlar guruhi aks ettirilgan.
Tajriba va kuzatish oldingi davrlardagi kabi bilimlar manbai
bo’lib xizmat qilgan. Egulik topish uchun mezolit odamlari ov
qilinadigan hudud topografiyasini bilishi, o’simliklarning foydali va
zararli xususiyatlarini ajrata bilishi, hayvonlarning harakat yo’li va
hatti-harakatini
shrganishi,
turli
minerallarning
o’ziga
xos
xususiyatlarini farqlay olishi, xullas, o’z atrofidagi tabiatni o’rganishi
zarur bo’lgan.Mezolit davridan boshlab odamlar nafaqat amaliy
meditsinaning eng sodda ko’nikmalarini egalladi, balki bosh
chanog’ining trepanatsiyasi va amputatsiya kabi murakkab jarrohlikni
amalga oshira boshladi. Insonlar tafakkuridagi bu kabi o’zgarishlar
neolit inqilobiga zamin hozirlagan.
Dostları ilə paylaş: |