19
yo’llar va turli sur’atda yo’l oldi.
Dastlabki davrda ishlab chiqaruvchi xo’jalik o’zlashtiruvchi
xo’jalik bilan yonma-yon mavjud bo’ldi. Bu davrda yuksak tashkil
etilgan ovchilik va baliqchilik ham ayrim qabilalar uchun asosiy
xo’jalik turi bo’lib qolaverdi. Agar neolit oxiriga kelib Mesopotamiya,
Misr, Hindiston va Xitoyda dehqonchilik yetakchilik qilgan bo’lsa,
Yevropada u kamroq rivojlangan edi, Yer sharining boshqa hududlarda
esa endi kurtak ota boshlagandi.
Jismoniy jihatlari bilan o’z ajdodlaridan
uncha uzoq ketmagan
bo’lsa-da, neolit davri odamlari yangi madaniyat, yangi ixtirolar va
kashfiyotlar odami edi. Neolit yangi texnologiyalar va materiallar
davridir. Uning tosh industriyasi yuqori darajada rivojlangan bo’lib,
mehnat
qurollariga
ishlov
berishning
yuqori
texnologiyalari
qo’llanilgan. Neolit davriga kelib, mezolitling so’nggi bosqichida kashf
etilgan tosh boltalar ancha keng tarqalgan, parrakchalar, qadamalar,
nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parma, qirg’ich,
yorma toshlar, o’roq-randa va boshqa qurollar takomillashgan.
Yuz minglab yillar davomida faqatgina beshta material: tosh,
yog’och, suyak, hayvonlar terisi va loy odamlarni qoniqtirib keldi.
Neolit davriga kelib esa uning o’zi o’ziga kerakli
materiallarni yarata
boshladi. Yig’ib – teruvchi va ovchidan dehqon va chorvadorga
aylangan inson dastlab sopolni va to’qimachilikni, neolit oxirida esa
metallar qotishmasini kashf etdi.
Sopolning paydo bo’lishi insoniyat tarixida katta voqea va uning
sivilizatsion taraqqiyotining muhim qadami bo’ldi. Neolitni ko’pincha
sopol davri deb ham atashadi. Kulolchilik charxi paydo bo’lgunga
qadar sopol buyumlar qo’lda tayyorlangan va naqshlar bilan bezatilgan.
Naqshlarda ko’p hollarda kosmogonik xususiyatga ega bo’lib, turli
afsonalarni aks ettirgan.
Neolit davri yutuqlari qatoriga yigiruvchilik va to’qimachilikni
ham kiritish kerak. Bu davrda o’simlik tolalari, teri tasmalari, soch,
daraxt tolasi, keyinchalik qo’y yungidan
tayyorlangan matolar turli
ranglarga bo’yalgan. Bu davrga oid qabrlarda chig’anoqlar va
yarimqimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar, pardoz buyumlari
ko’proq uchraydi. Shishasimon vulqon jinsi – obsidiandan yasalgan
dastlabki ko’zgular, pardoz vositalari paydo bo’ldi.
Shunday qilib, neolit davrida ikkinchi mehnat taqsimoti sodir
bo’ldi: hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrala boshladi. Tez orada bu
20
alohida hunarmandchilik manzilgohlarining paydo bo’lishi bilan
ifodalandi, bu esa shaharning qishloqdan ajralishiga olib keldi.
Neolit o’troqlikni yuzaga
keltirdi va mustahkamladi,
chunki
dehqonchilik bilan shug’ullanish o’troq turmush tarzini talab qilardi.
Dastlabki muqim manzilgohlar, so’ngra shahar tipidagi manzilgohlar
vujudga keldi. Chayla, yerto’la, qoziqoyoqli imoratlar bilan bir qatorda
neolit davri odamlari loydan, yog’ochdan va toshdan uylar barpo eta
boshladi. Bunday uylarda endi yopiq o’choq va jihozlar bor bo’lib,
uylarning atrofida xo’jalik imoratlari joylashgan edi.
Kichik Osiyo,
Suriya va Falastinda boy va taraqqiy etgan manzilgohlar vujudga
kelgan, ayrim hollarda ular devor bilan o’ralgan. Neolit davrining
qurilish sohasida g’ayrioddiy va sirli megalitlar tarqaldi. Ushbu
inshootlar ulkan tosh bo’laklaridan iborat bo’lib, ularning ayrimlari
muqaddas ziyoratgohlar, urug’ dahmalari sifatida xizmat qilgan.
Ko’pchilik megalitlarning vazifasi aniq ma’lum emas.
Neolit matriarxatning
eng rivojlangan davridir, bu davrda
ayolning xo’jalik va ijtimoiy roli yanada oshdi. Ilk oilalar, to’g’rirog’i
matriarxal oilalar paydo bo’la boshladi. Erkaklar ayolning uyiga va
uning urug’ jamosiga ko’chib o’tgan. Bunday oilaning mehnat
qurollaridan tashqari, shaxsiy mulki bo’lmagan. Ijtimoiy jamolarning
urug’dan kattaroq bo’g’ini-qabilalar paydo bo’ldi. Xullas, dehqonchilik
davriga qadam bosgan insonlarning ma’naviy dunyosi yanada boyidi.
Madaniyat, hayot tarzi va ma’naviy sohada tub o’zgarishlarga olib
kelgan xo’jalikning yangi shakllariga o’tish bir qator omillar ta’siri
ostida sodir bo’ldi. Insonlar jamiyatining o’zida yuzaga kelgan omillar
birinchi darajli ahmiyatga ega edi. Ularning qatoriga, mehnat qurollari
yasashning yuqori darajada rivojlangan texnikasining paydo bo’lishi
kiradi. Aholining yuqori zichligi ham muhim rol o’ynagan, chunki
uning o’sib borishi eski xo’jalik shakllarining samaradorligini yo’qqa
chiqargan va yangi xo’jalik shakllari taraqqiyotini tezlashtirgan. Ijobiy
bilim kurtaklarining yuzaga kelishi kelgusi taraqqiyotning muhim
shartlaridan biri bo’lgan.
Albatta, faqatgina qulay tabiiy sharoit majud hududlardagina bu
omillar yig’indisi taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylangan.
Ijtimoiy va tabiiy omillar yer sharining turli burchaklarida turlicha
namoyon bo’lgan, bu esa bu hududularda shakllangan jamiyatlar va
ular tomonidan yaratilgan madaniy majmualar
xusisiyatida sezilarli
farqlarni yuzaga keltirdi. Tarix sahnasida yetakchi rolni dehqonchilik
yuksak taraqqiy etgan xalqlar o’ynay boshladi.