3. Fayl ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga javob sifatida bitta ixtiyoriy
faylni yuborish imkoniyatini beradi. Masalan, surat, Word hujjati, arxiv yoki ixtiyoriy boshqa
faylni.
Saytdan tashqaridagi javob. Bu rejim topshiriq Moodle dan tashqaridagi berilganda
foydali hisoblanadi. Masalan, pochta orqali yoki o„qituvchi bilan shaxsan ko„rishganda.
Talabalar topshiriqni o„qishi mumkin, ammo unga javobni matn ko„rinishida ham, fayl
ko„rinishida ham yuborisholmaydi. O„qituvchi esa boshqa tipli topshiriqlardagidek kabi, o„zining
xulosasini yozishi va baholashi mumkin.
Ish daftari. Ish daftari talabaning konspekti, yozma nazorat ishining yoki referatning
analogi sifatida ko„rib chiqilishi mumkin.
O„qituvchi talabalarga aniq mavzu haqida fikr bildirishni yoki aniq savollarga javob
berishni taklif etadi.
Talaba o„zining javobini beradi va aniq vaqt davomida uni o„zgartirishi va to„ldirishi
mumkin.
So„rov. So„rov – bu oddiy instrument, u talabalarga savolning javobi sifatida bir nechta
variantlardan iborat javoblardan birini tanlashiga ruxsat beradi. Talaba sichqonchani bosish
orqali javobni tanlaydi.
So„rov maqsadi – ovoz berish yo„li bilan talabalardan aniq savolga javob olish
hisoblanadi, masalan, kurs haqida fikri.
Dostları ilə paylaş: |