Moodle rollar. Rol – aniqlangan darajalarda (sayt, kategoriya, kurs va sh.o„.) konkret
foydalanuvchilar tomonidan belgilanadigan, butun tizim uchun aniqlangan ruxsatlar (huquqlar)
to„plami.
Sayt darajasida rollar administrator tomonidan tayinanadi.
Kurs o„qituvchisi o„qituvchilarga rollarni o„zining kursi va uning tarkibi chegarasida
tayinlashi mumkin.
Guruhlarni boshqarish. Kursni o„rnatishda talabalarni guruhlarga ajratish lozimmi yoki
yo„qmi, shuni aniqlash kerak. Guruhli rejim hamkorlikda ishlashga mo„ljallangan alohida
(guruhlar bo„yicha) yoki umumiy kurs elementlarining tasarrifidagi ishini aniqlaydi, masalan,
forumni. Bundan tashqari, guruh tasarrufi alohida guruhlar bo„yicha hisobotli axborotni olishga
(pastda Jarlik, Baholarga qarang) ruxsat beradi.
Siz uchta guruhli rejimdan birini tanlashingiz mumkin:
o Guruh yo„q – talabalar guruhlarga bo„linmaydi, ular bitta uyushma hisoblanadi;
o Alohida guruhlar – talabalarga o„zining guruhi yagona hisoblanadi, boshqa
guruhlarning ishi ularga ko„rinmaydi;
o Mavjud guruhlar – har bir guruh talabalari o„zining guruhining chegarasida ishlaydi,
ammo ularga boshqa guruhlarning ishi ko„rinib turadi.
o Kursdan qo„shimcha nusxa olish. Serverdagi texnik uzilishlar vaqtida kurslarni
saqlashni ta‟minlash maqsadida saytda joylashtirilgan har bir kursning muhim nusxasini saqlash
uchun, kurs sahifalaridan nusxa olishni davriy bajaradigan va ularni lokal diskda saqlaydigan
kurs o„qituvchisiga mas‟uliyat yuklaydi.
o Kursni qayta tiklash. Arxiv nusxadagi kursni qayta tiklash uchun Boshqarish blokida
Qayta tiklash havolasidan foydalaniladi. Natijada kerakli arxiv fayl ismi ro„parasida Qayta
tiklash havolasi bosilganda, backupdata papkasi ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |