Hot Potatoes testlari. “HotPot” moduli o„qituvchilarga Moodle orqali Hot Potatoes
testlarini boshqarishga ruxsat beradi. Testlar o„qituvchi kompyuterida Hot Potatoes dasturida
yaratiladi va keyin Moodle kursiga o„rnatiladi. Talabalar testdan o„tgandan keyin o„qituvchilarga
talabalar har bir savolga qanday javob berganligi haqidagi statistik ma‟lumotlar va xulosalarga
ega bo„lishadi.
2.9. Kursni tahrirlash
Administrator tomonidan kurs yaratilganidan va sizni o„qituvchi qilib tayinlashganidan
keyin, kursni o„quv materiallari bilan to„ldirishingiz mumkin (aniqrog„i – zarur!).
Kursni materiallar bilan to„ldirish va uni o„zgartirish tahrirlash rejimida bajariladi
(Boshqarish blokidagi Tahrirlash havolasi yoki navigasiya panelining chap burchagidagi
Tahrirlash tugmasi):
Tahrirlash rejimida quyidagi asboblarga (instrumentlarga) ruxsat berilgan:
- Tahrirlash – tugma resurs yoki kurs elementi tahrirlash rejimiga chaqiradi.
- Yordam – tugma yordam faylini suzuvchi oynaga chaqiradi.
- Ochish / Yashirish – tugmalar berilgan elementni yoki kurs resursini
aktivlashtiradi/aktivlashtirmaydi. Bir vaqtning o„zida bu tugmalar berilgan obyekt talabaga
ko„rinishini ko„rasatadi. Talabalarning obyektga kirishini man etish uchun, o„qituvchi “ochiq
ko„z” - tugmasini bosishi kerak.
- “O„ngga joylashtirish”, “Chapga joylashtirish” tugmalari ro„yxatda
iyerarxiya hosil qilishga ruxsat beradigan, berilgan obyektning siljini bajaradi.
- “Almashtirish” tugmasi obyektdan nusxa olmasdan, uni berilgan kursning ixtiyoriy
boshqa joyiga ko„chirishga ruxsat beradi. Obyekt ko„chiriladigan joy “Shu yerga ko„chirish”
rasmi bilan belgilanadi. Siz obyektni bu joylardan ixtiyoriy biriga ko„chirishingiz
mumkin.
- “O„chirish” tugmasi berilgan obyektni qaytmaydigan qilib, o„chirishga ruxsat
beradi. Bunda “Siz haqiqatdan ham shu obyekni o„chirmoqchimisiz?” degan savolli xabar paydo
bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |