berish.
Darsning maqsadi: Talabalarga Ta‟lim resurslarini ishlab chiqishda audio
materiallarga ishlov berishnio'rgatish.
Darsning metodik ta'minoti: adabiyotlar, ma'ruza matni va prezentasiya
Reja:
Reja:
1. Videofayllar. Analogli va raqamli video
2. Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish
Videofayllar. Analogli va raqamli video.Hozirgi kunda video ma‟lumotlarning ikki tipi
mavjud: analogli va raqamli. Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo„lib,
analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit
analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik va hk) bir signalga
birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal
bo„la olmaydi. Natijada biz aniq bo„lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo„lmagan
aniqligiga va boshqa sifat yo„qotish faktorlariga ega bo„lamiz. Shu sababli kompozit video turli
video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo„luvchi komponentli videoga tezda
yo„l bo„shatib berdi. Gap shundaki, inson ko„zi yuqori yoritilganlikda ham aktiv va tayanch
ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug„lik sezuvchan elementlardan tashqari deyarli to„liq
qorong„ulikda ham aktiv va yoritilgan obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning
natijasida ranglar xususiyatidan ko„ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi.
Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik bo„lsa,
uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |