Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish.
Reja:
1. Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar) haqida;
2. Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayillarni yaratish;
3. Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish;
4. Sound Forge – ovoz tahrirlagichi oynasi elementlari;
5. Videofayllar. Analogli va raqamli
video
6. Corel VideoStudio Pro video tahrirlagichi
7. Ma’lum bir mavzu bo’yicha senariy tuzish.
Таянч иборалар: Audio va video fayllarni, WAVE (.wav), AU (.au, .snd), MPEG-3 (.mp3), MIDI
(.mid), MOD (.mod), IFF (.iff), AIFF (.aiff), RealAudio (.ra, .ram), Sound Forge – ovoz
tahrirlagichi, menyular paneli,
standart instrumentlar paneli, oshqarish paneli, kanallar indikatori,
videofayllar, analogli va raqamli video, television standartlar, video-ma’lumotlarni
saqlash
formatlari, videopotokni siqish, simmetrik va asimmetrik siqish, videomontaj texnologik
jarayonlari,
Windows Movie Maker dasturi, Video konverterlar, Any Video Converter, Corel
VideoStudio Pro video tahrirlagichi.
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni
musiqa
eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday
axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu
singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham
ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan
holda
yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til
o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini – tekst, statik va dinamik
grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa
ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni
taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos
hususiyatlarini maksimal
darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga komypyuter
vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik
elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular
fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish uchun maxsus
dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday dasturlarning turi juda ko’p. Quyida
biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Odatda audio fayillar – WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-
4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts),
SUN AU
Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3
Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2)
va hakazo kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus daturlar (“video convertor” lar yoki audio
tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkasish mumkin bo’ladi.