1. Oddiy siqish (real vaqt rejimida).
Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu
operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu sababli ko’pchilik
kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli videolarni tahrirlash imkoniyatiga
ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib yuboradi. O’tkazib yuborilgan
kadrlar videotasvirlar
silliqligini buzadi. Bundan tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini
buzilishiga olib keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24 kadrdan
kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur. Bu tasvir buzilishiga yo’l
qo’ymaydi.
2. Simmetrik va asimmetrik siqish.
Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish 640x480
razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish etishni taqozo etadi, agar
uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan bajarilgan bo’lsa. Asimmetrik siqish – bu
yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda
nisbat ko’rinishida beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150
minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning namoyishi tezligidagi
optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli
rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan
kompaniyalar tomonidan bajariladi.
3. Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish.
Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan
baytlar kombinatsiyasi
kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga almashtiriladi. Siqish darajasi fayl
tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba
ma’lumotlarini tiklash) uchun ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar
tanlangan algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin.
Hatto muvaffaqiyatli holda
ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi. Ikki marta siqishning o’zi
muvaffaqiyat. Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga
sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori bo’lsa, video sifati
shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga
sezilarli darajada bo’lmasada, manba va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video
bilan ishlashda professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi.
Uni asimmetrik
siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak.
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas,
sifat raqamli
videoplata parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy ta’minotga bog’liq bo’ladi.
Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata tanlanayotganda raqamli video parametrlarini
boshqarish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Videolarni raqamlashtirish va siqish uchun
mo’ljallangan yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari
uchun muhim parametrlari
ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish tezligi (kadrlar
chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday hollarda to’liq ekranli rejimda ishlashni
rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda esa sekundiga 15 kadrli tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda
kadrlar sifati ideal bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish va siqish
qurilmalari va dasturiy
ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish uslublari juda ko’pchilikni tashkil qilishiga
qaramasdan videolarni siqishning faqat MPEG (MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti
tan olingan.
4. MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har bir kadr alohida
qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik o’zgarishlari
tahlil qilinadi va ortiqcha
ma’lumotlarni yo’qotish amalga oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil
qoladi, harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG
algoritmi siqishni manba
(kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni tiklashda tayanch kadr vazifasini o’tagan
holda ular navbati bilan har 10-15 kadrga ko’chirib boriladi. Faqat ular orasida joylashgan ba’zi tasvir
fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda saqlanib qoladi. MPEG-
texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib kelsada, 200:1 dan ham yuqori siqish
koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin.
Dostları ilə paylaş: