Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy operatsiyani o’z
ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir axborot
tashuvchida saqlash va
raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vositalar yordamida o’zgartirish.
Raqamlashtirish – bu analogli manba (masalan, videokamera) signalini raqamli shaklga
aylantirish hisoblanadi. Raqamli videokameradan foydalanilganda bu operatsiyaga hojat qolmaydi,
chunki bunda raqamlashgan signalga ega bo’lamiz. Almashtirish aniqligi ikkita asosiy xarakteristika:
raqamlashtirish darajasi va diskretizatsiya chastotasiga bog’liq bo’ladi.
Raqamlashtirish darajasi
deganda kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar soni tushuniladi. 256
darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan. Diskretizatsiya chastotasiga
raqamlanayotgan tasvir razresheniyasi bog’liq bo’ladi. Masalan, 720x576 razresheniyeda
diskretizatsiya chastotasi 13.5 MGsni tashkil qiladi.
Ikkinchi amal – raqamlangan tasvirning qaysidir axborot tashuvchida saqlanishi bo’lib, texnik
tomondan jarayondagi eng murakkab amal hisoblanadi. Buning uchun turlicha ma’lumotlarni siqish
texnik-dasturiy uslublar qo’llaniladi.
Uchinchi amal – raqamlashtirilgan va siqilgan tasvir va ovozni
dastiy vositalar yordamida
o’zgartirish bo’lib, bu jarayon yakunida olingan natijani qiyinchiliksiz axborot tashuvchilarda saqlash
mumkin bo’ladi. Bu amallar asosan kompyuter qurilmalari yordamida bajariladi.
Windows muhitida
Android operatsion tizimida
fxguru: movie fx director
magisto
androvid video editor
mvideocut
andromedia video editor
kinemaster/kinemaster pro
wevideo
vidcutter
klipmix
vidtrim
vivavideo
videoshow
Dostları ilə paylaş: