Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari CD AVI (Audio Video Interleave – audio va video almashinuvi) – videoni saqlash va
Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan format, tasvir va ovozning
bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi video yozilishida avval kadr, so’ngra shu
kadrga mos ovoz navbatma-navbat yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz
oqimga ega bo’lib, sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham
videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, agar ovoz
ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan
“qochadi”. Bu formatdagi videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya)
qo’llaniladi: Microsoft Video (8- va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft RLE (8-bitli
ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan
Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan, lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning
uchun juday qulay imkoniyatlar ham mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft
companiyasi AVI formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced
Streaming Format – mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced Authoring Format)
formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI formati ham qo’llanishda davom etib,
AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Quick Time Movie (.qt, .mov) – Adobe firmasi tomonidan Quick Time texnologiyalari
asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng tarqalgan formatlardan biri. Turli
videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham,
shuningdek, uzining xususiy kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va
audio) ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi. Videoma’lumotlar
turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga, audioma’lumotlar – turlicha formatga ega
bo’lishi mumkin va hk.
MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) – Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar
guruhi (MPEG – Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va namoyish etish uchun
ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli
videolarni yozish uchun faol qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan.
Digital Video (.DV) – Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun yaratilgan format.
Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab chiqilgan siqish diapazoni, kodlash
standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi
5:1 koeffitsiyentli.
Videoma’lumotlarni siqish
Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari:
- oddiy, real vaqt rejimida;
- simmetrik va asimmetrik;
- sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida;