Oʻzbek adabiyotida taqrizchilik Oʻzbek adabiyotida T. 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.
Annotatsiya
Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) — qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. Annotasiya (sharh) — ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab otish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng obyektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bagishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi korsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.
Adabiyotlar Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A. Madvaliyev tahriri ostida. 4-jild.-T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.