O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
budjetnomani O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi;
o’tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit o’tkazish hamda baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Budjet kodeksining 144, 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (BK.25-modda).
Dostları ilə paylaş: |