Ulanish zanjirlariga muvofiq ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar quyidagi turlarga ajratiladi:
- galvanik (bevosita) ulanishli kuchaytirgichlar – ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas signallarni kaskadlararo uzatish imkonini beradi;
- RC – ulanishli kuchaytirgichlar – ilgarigi kaskad chiqishini keyingi kaskad kirishi bilan rezistor-sig‘imli zanjir orqali bog‘lash;
- induktiv (transformatorli) ulanishli kuchaytirgichlar-kaskadlar orasiga transformator ulash.
Integral ko‘rinishda yaratilgan kuchaytirgich qurilmalarda faqat galvanik ulanishdan foydalaniladi.
Kuchaytirgichda signallar buzilishi. Kuchaytirgichda signal kuchaytirilishi bilan shakli o‘zgarmasligi kerak. Chiqish signali shaklining kirish signali shaklidan farqlanishi signal buzilishi deb ataladi. Buzilishlar ikki xil bo‘ladi: chiziqli va nochi-ziqli.
Chiziqli buzilishlar tranzistor va kuchaytirgich qurilma boshqa elementlari parametrlarining chastotaga bog‘liqligi sababli yuzaga keladi. Elektr signallar turli chastotaga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, kuchaytirish koeffitsiyentlari chastota o‘zgarishi bilan qanday o‘zgarishini bilish muhim. Kuchaytirgichning amplituda-chastota xarakteristikasi (AChX) deb, KU ning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirilayotgan signal chastotasiga bog‘liqligiga ataladi. AChX yordamida (4-rasm), kuchaytirgich ishlaydigan chastotalar diapazonining past va yuqori chastotalarida chastota buzilish koeffitsiyentlari MP va MYu ni aniqlash mumkin:
; ,
bu yerda, KU0 – nominal kuchaytirish koeffitsiyenti, ya’ni KU o‘zgar-mas bo‘lgan chastotalar oralig‘idagi kuchaytirish koeffitsiyenti.
Kuchaytirgichga qo‘yiladigan talablarga mos ravishda MP va MYu qiymatlari 1,4 dan 3÷5 gacha olinadi. Agar MP va MYu qiymatlari berilmagan bo‘lsa, MP=MYu= =1,4 (agar kuchaytirish koeffitsiyenti detsibellarda ifodalansa, kuchaytirish 3 dBga pasayishini anglatadi) bo‘ladi.