17.2. Analog qurilmalar sxemotexnikasi
Elektronikaning elektron asboblar VAXlari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, axborotga ishlov berish usullarini ishlab chiquvchi bo‘limi sxemotexnika deb ataladi.
Mikrosxemotexnika deb, elektronikaning IMSlarda va ular asosidagi REAlarda ishlatiladigan elektr va tuzilma sxemalarini ishlab chiqish, tadqiq etishlar bilan shug‘ullanidigan bo‘limiga aytiladi.
Zamonaviy IMSlar murakkab elektron qurilmadir, shuning uchun ularni sxemotexnik ifodalashning ikki usuli mavjud:
– Elektr sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u o‘zaro ulangan alohida komponentalar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va boshqalar) dan tashkil topadi.
– Tizim sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u AISlarda analog kaskadlarni ulanishidan yoki RISlarda alohida mantiq elementlar va triggerlarning ulanishidan iborat. Ushbu kaskadlar va elementlar analog (kuchaytirish, filtrlash va boshqa) yoki elementar mantiqiy (HAM-EMAS, YoKI-EMAS va boshqa) operatsiyalarni bajaradi. Bu operatsiyalar yordamida har qanday analog, analog-raqamli va raqamli funksiyalarni amalga oshirish mumkin.
Diskret sxemotexnikaga elektr sxemalar uchun sxemotexnik yechimlar soddaligi va qimmat aktiv elementlarni minimal ishlatish, ajratuvchi kondensator, transformator va boshqalardan keng foydalanish xosdir.
Integral sxemotexnikada barcha elementlar yagona kristall-da shakllantirilgani sababli, ularning qiymati elementlar narxi bilan emas, balki kristall narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun kristallda iloji boricha ko‘proq elementlarni joylashtirish maqsadga muvofiq. Kristalldagi aktiv elementlar – tranzistorlar, diodlar minimal yuzaga, passiv elementlar esa, maksimal yuzaga ega. Shuning uchun ISlarda rezistorlar soni minimal bo‘lishiga intilinadi, katta yuzani egallovchi kondensatorlar qo‘llanilmay, ularni o‘rniga kaskadlarni muvofiqlashtiriruvchi kaskadlardan foydalniladi.
ISlarning boshqa xususiyati murakkab elementlarning bir-biriga juda yaqin (< 10 mkm) joylashganligi sababli, ularning parametrlari ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi (egizaklik prinsipi). Elementlar eskirganda, kuchlanish manbai va temperatura o‘zgarganda ularning parametrlari ham bir xilda o‘zgarib, parametrlar korrelyatsiyasi saqlanadi. ISlarning ushbu xususiyati, diskret tranzistorli tuzilmalarda amalga oshirib bo‘lmaydigan, yuqori aniqlikdagi differensial kaskadlar, barqaror tok va kuchlanish generatorlarini yaratish imkonini berdi.
AIS mahsulotlari turlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, ularning hammasida, sxemotexnik umumlashtirish va loyihalashni yengillashtirish maqsadida, chegaralangan sonli negiz elementlar: sodda kuchaytirgich kaskadi, differensial kuchaytirgich, barqaror tok generatori, o‘zgarmas kuchlanish sathini siljituvchi qurilma, chiqish kaskadi va boshqalardan foydalaniladi. Ular asosida integral mikrosxemotexnikaning OKlari va analog ko‘paytirgich-lari yaratilgan bo‘lib, istalgan analog funksional masala amalda hal qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |