Quyidagi matnni o‘qing. Matn qismlarini bog‘lovchi vositalarni ayting.
KO‘R
Afandining yoshligidan birga o‘sgan bir do‘sti bor edi. Yillar o‘tib, u katta mansabga mindi. Afandi uni lavozimi bilan tabriklash uchun idorasiga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding? — deb do‘q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikdan birga yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘libdi, deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keluvdim, — dedi Afandi. (Gazetadan)
Matndagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarni toping va ularga izoh bering.
Adolat va haqqoniyatni o‘zingga rahbar qilib ol, hech kimga zarar yetkazma.
Har vaqt mo‘tadil holda ish yurit, haddan ortiqchalikdan saqlan. Haqsiz, lekin o‘zingga loyiq ko‘rib birovdan intiqom olishga jur’at qilma.
Kir, ifloslikdan hazar qil, vujuding, libosing va uy-joyingning toza, pokizaligiga diqqat qil.
MATN VA MAVZU
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalashuchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog‘lab,matn tuzamiz. Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan, birmavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
ESDA SAQLANG. Mavzu matndagi asosiy fikrning nimahaqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnningsarlavhasi ham bo‘lishi mumkin.
Matn turli maqsadlar bilan tuziladi.Masalan: muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidaxabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish,ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohazayuritish. Ana shunga ko‘ra, matnlarning quyidagi turlari
farqlanadi: 1. Hikoya matni. 2. Tasviriy matn.3. Muhokama matni.
Hikoya matnida muayyan predmetyoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi.
Berilgan matnni o‘qing, uning maqsadini aniqlashgaharakat qiling. Ona yurt iftixori haqida fikrlaringizni bayon eting.
IFTIXOR
Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi:«Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «O‘zbekistonhavo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbodetamiz!» Rostini aytsam, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Buso‘zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdanminglab chaqirim narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilaro‘tirgan kemada!..
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming borata’zim qilishga tayyorman!
(O‘. Hoshimov)
Matn mavzusiga mos keladigan sarlavhaqo‘ying.
G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishgaintilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammalbilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda, zo‘r raqqosalarham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimchaolib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutorchertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afuraka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya aytishardi. Latifaaytishda unga hech kim teng kelolmasdi. Xalq dostonlarinibaxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi.
(Said Ahmad)
Misol: Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaikibisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgangiloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘ntashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmatqilishardi. (Said Ahmad)
Muayyan predmet yoki voqea-hodisalarta’riflangan, tavsiflangan matn tasviriy matn
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |