Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə1/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN







Ma’ruza№ 14


NUTQ USLUBLARI

PUNKTUATSIYA

MATN


USLUBIYATVANUTQUSLUBLARITASNIFI
Adabiytilningijtimoiyhayotdagima’lumsohadoirasiga, ma’lumnutqiyvaziyatgaxoslanganko'rinishinutquslubihisoblanadi. O'zbektiliningnutquslublarinio'rganuvchitilshunoslikbo'limiesao'zbektiliuslubiyatiyokiuslubshunoslikdeyiladi. O'zbek adabiy tili uslublari XIX asr ikkinchi yarmidan shakllana boshlagan.

So'zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko'ra uslubiy xoslangan so'zlar va uslubiy betaraf so'zlarga bo'linadi.

Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo'llanadigan so'zlar uslubiy xoslangan so'zlar (masalan, mazkur, binobarin, dudoq, erin, qaroq, nigoh, bayonnoma, nota va hokazo), bunday xususiyatga ega bo'lmagan so'zlar esa uslubiy betaraf so'zlar (masalan, so'zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va hokazo) sanaladi.

O'zbek tilining ichki tuzilishinigina o'rganish bizga bu til haqida to'la axborotni berolmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so'zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so'zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo'shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo'llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo'llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.

O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1) so'zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) ilmiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) badliiy uslub. Bulardan birinchisi og‘zaki; qolganlari yozma va og'zaki nutqqa xosdir. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o'zi esa og'zaki nutqqa xos. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og'zaki (xalq og'zaki ijodi) ko'rinishi borligini bilasiz.


Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin