Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


ESDA SAQLANG. Tasviriy matn badiiy adabiyotdako‘proq qo‘llanadi



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə23/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

ESDA SAQLANG. Tasviriy matn badiiy adabiyotdako‘proq qo‘llanadi.

Misollar: 1. Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuzbo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqdayaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go‘yo ko‘chaga chiqishingiznikimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan.

(O’. Umarbekov)



2.Chiroylidir go‘yo yosh kelin,

Ikki daryo yuvar kokilin.

Qorli tog‘lar turar boshida,

Gul vodiylar yashnar qoshida...

3.Orol o‘sha-o‘sha. Uzoqdan turib qarasang, ko‘z to‘ymaydi. Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so‘ng yana birlashadi. Qo‘sh kokil yanglig‘ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi. Na’matak, yovvoyi jiyda, baqaterak joy talashgandek ayqashuyqash bo‘lib ketgan. Suvga egilib turgan jiyda barglari

kumush kabi tovlanadi. Atrof sokinlik hukmida. Daryoning oqishi ham, oroldagi qalin daraxtzorning epkinda tebranishi ham ulug‘vor. (Tohir Malik).

4.Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasidajoylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonidamashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingizbilan besh xonali uyga ko‘zingiz tushadi. Uyning tomi to‘qqizil rangga bo‘yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashiko‘zingizni oladi. Uyning yerto‘lasi ham bo‘lib, u yerda sabzavotva boshqa mahsulotlar saqlanadi.

Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizningxonamizga guldor gilam to‘shalgan. Ikkita karavot qo‘yilgan.Karavotlarda chiroyli ko‘rpa va yostiqlar bor.Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko‘zingizni quvnatadi.Daraxtlar tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida yoz oylarida miriqibdam olish mumkin. («O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)

5. Kechki osmon ohista

Qorni elay boshlaydi.

Tunning qora sochiga

Oq oralay boshlaydi (Dilshod Rajab)

6.Quyosh chiqib turgan bo‘lsa ham, nuri ojiz edi. Yelkamizniisitmas, lekin yoqimli edi. O‘rmon ichidan ketgan yo‘ldanboryapmiz. Bu – aralash o‘rmon, ya’ni turli-tuman mevali-mevasizdaraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon. Archa ham serob.Qarang, haqiqatan ham, kuz tushib qolgan. O‘riklarning yaprog‘iqizil, qontalash. Xuddi birov ular shoxiga bir chelak qizilbo‘yoqni sepib tashlaganday. Pastga egilgan yaproqlari sariqipakday mayin.

(Sh. Xolmirzayev)

7.Biz borgan joy, haqiqatan ham,go‘zal edi. Bir tomoni – tog‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisdakumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchiqo‘lida to‘qilgan qizil gilamga o‘xshardi.

Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin