Ma’ruzachi: B. B. Ochilov


Diversifikatsiya lotincha (diversificatio)dan olingan boʼlib, oʼzgartirish, xilma-xillik degan maʼnoni beradi



Yüklə 56,4 Kb.
səhifə9/17
tarix16.12.2023
ölçüsü56,4 Kb.
#183828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
5.mavzu - Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar

Diversifikatsiya lotincha (diversificatio)dan olingan boʼlib, oʼzgartirish, xilma-xillik degan maʼnoni beradi.

  • Diversifikatsiya lotincha (diversificatio)dan olingan boʼlib, oʼzgartirish, xilma-xillik degan maʼnoni beradi.
  • Diversifikatsiya - bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti, yaʼni turini koʼpaytirish, yangi isteʼmol bozorlarini izlab topish, ishlab chiqarishning yangi koʼrinishlarini oʼzlashtirish. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy foyda koʼrish, inqiroz xavfining oldini olish hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin:

  • Tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin:
  • tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko’proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo’lgan mamlakatlar bilan o’rnatish lozim;
  • eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishi lozim;
  • bir xil turdagi maxsulot yoki xizmatni bir vaqtning o’zida jahonning turlicha qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilish lozim;
  • iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishi lozim;
  • jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o’zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirish lozim.

1. Erkin savdo hududi.

  • 1. Erkin savdo hududi.
  • Uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’zaro savdo to’siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo to’siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak.
  • Uning maqsadi - qo’shni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to’sig’i orqali uchinchi mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni ta’qiqlashdan iborat
  • 2. Bojxonalar ittifoqi.
  • Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to’siqlarining yagona tizimini ta’sis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Evropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga misoldir. Evropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan bo’lib, 1993 yilga kelib u G’arbiy Evropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin ko’chib yurishini ta’minlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir.

Yüklə 56,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin